Jahon

Erondaga zarbalar yaqin kunlarda kuchayadi — Isroil mudofaa vaziri

Isroil operatsiyalar barcha harbiy maqsadlar bajarilgunga qadar davom etishini bildirdi.

Erondaga zarbalar yaqin kunlarda kuchayadi — Isroil mudofaa vaziri

Isroil mudofaa vaziri Israel Katz yaqin kunlarda Eron hududidagi nishonlarga berilayotgan zarbalar sezilarli darajada oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Ynet nashri xabar berdi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) hamda AQSh harbiylari tomonidan Eron rejimi va unga tegishli infratuzilma obyektlariga qarshi amalga oshirilayotgan zarbalar ko‘lami kengaytiriladi.

 

“IDF va AQSh harbiylari tomonidan Eron rejimi va u tayanadigan infratuzilmaga qarshi zarbalar intensivligi sezilarli darajada oshadi”, — degan vazir.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar shu haftadan boshlab kuchayishi kutilmoqda. Isroilda operatsiyalar yakshanba kunidan yanada faollashishi mumkin.

 

Israel Katz shuningdek, IDF o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli harbiy salohiyatga ega ekanini ta’kidlagan. Uning aytishicha, operatsiyalar belgilangan barcha harbiy maqsadlarga erishilgunga qadar davom etadi.

 

Avvalroq Abbos Aroqchi boshchiligidagi Eron tashqi ishlar vazirligi Tehron vaqtinchalik sulhga rozi bo‘lish niyatida emasligini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQSh va Isroil bilan qarama-qarshilikka yakuniy siyosiy kelishuv orqali barham berilishini talab qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erondaga zarbalar yaqin kunlarda kuchayadi — Isroil mudofaa vaziri | Zamon.uz