Jahon

“Havoda Navro‘z iforini sezmaysiz”: Eron urush fonida bayramni qarshi oldi

Hujumlar xavfiga qaramay, aholi bayram an’analarini saqlashga urinib, Haft Sin dasturxonini tayyorlamoqda.

“Havoda Navro‘z iforini sezmaysiz”: Eron urush fonida bayramni qarshi oldi

Eron bu yil Navro‘z bayramini keskin harbiy vaziyat fonida nishonlamoqda. 28-fevraldan buyon davom etayotgan AQSh va Isroil zarbalari oqibatida mamlakatda xavfsizlik va iqtisodiy holat yomonlashib, an’anaviy bayram kayfiyati sezilmayapti.

 

 

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar natijasida 3 114 kishi halok bo‘lgan, ulardan 1 354 nafari tinch aholi, kamida 207 nafari bolalardir. Tehron bunga javoban AQSh harbiy bazalari joylashgan mintaqadagi mamlakatlarga zarba bermoqda.

 

Mahalliy aholining aytishicha, bu yilgi Navro‘z avvalgilardan tubdan farq qiladi. Damavandda yashovchi fuqarolar urush sabab kundalik hayot izdan chiqqanini, ayrimlar esa xavfsizlik sabab poytaxtdan ko‘chishga majbur bo‘lganini bildirgan. Tehron esa eng ko‘p zarbalarga uchragan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda.

 

BBC suhbatdoshlari urush oqibatida ish o‘rinlari qisqarayotgani va infratuzilma zarar yetgani ham aholining asosiy xavotirlariga aylanganini bildirgan. Ayrimlar vaziyat davom etsa, mamlakat kelajagi xavf ostida qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

 

 

“Odatda Navro‘z oldidan gavjum bo‘ladigan bozorlar va savdo markazlarida bu yil harakat sezilarli darajada kamaygan. Fuqarolar xarid paytida havo hujumlari xavfi borligini aytmoqda. Shunga qaramay, ayrimlar bayram an’analarini saqlashga urinib, xususan Haft Sin dasturxonini tayyorlamoqda”, deyiladi xabarda.

 

Biroq jamiyatda kayfiyat bir xil emas. Ba’zi fuqarolar bayramni nishonlash tarafdori bo‘lsa, boshqalar mavjud siyosiy tizim sharoitida Navro‘zning ahamiyati yo‘qligini bildirmoqda.

 

Mutaxassislar va kuzatuvchilar urush paytida nishonlanayotgan bu yilgi Navro‘z Eron jamiyatidagi ijtimoiy va ruhiy holatni yaqqol aks ettirayotganini qayd etishgan.

 

Eronliklar 1980-yillarda ham, Iroq bilan 8 yillik mojaro paytida, Navro‘zni shunday urush sharoitida nishonlagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Havoda Navro‘z iforini sezmaysiz”: Eron urush fonida bayramni qarshi oldi | Zamon.uz