Jahon

Putin Trampga razvedka almashinuvi bo‘yicha kelishuv taklif qildi — Politico

Unga koʻra, Rossiya Eron bilan razvedka hamkorligini to‘xtatish evaziga Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatishni to‘xtatishni talab qilingan.

Putin Trampga razvedka almashinuvi bo‘yicha kelishuv taklif qildi — Politico

Politico nashrining xabar berishicha, Rossiya AQShga Eron bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini to‘xtatish bo‘yicha kelishuv taklif qilgan. Buning evaziga Vashington Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini uzatishni to‘xtatishi kerak.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vakili Kirill Dmitriyev tomonidan o‘tgan hafta AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yetkazilgan. Uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff hamda Trampning kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etgan.

 

Taklifga ko‘ra, agar AQSh Ukrainaga Rossiya harbiy faoliyati haqidagi razvedka ma’lumotlarini uzatishni to‘xtatsa, Moskva ham Eron bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini, jumladan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlari koordinatalari kabi ma’lumotlarni ulashishni to‘xtatishi kerak edi.

 

Biroq Politico manbalarining ta’kidlashicha, AQSh ushbu taklifni rad etgan. Shu bilan birga, bunday tashabbus Yevropa diplomatik doiralarida xavotir uyg‘otgani qayd etilmoqda. Ayrim diplomatlar Moskva bu kabi takliflar orqali AQSh va Yevropa o‘rtasida kelishmovchilik paydo qilishga urinayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Yevropa Ittifoqi diplomatlaridan biri Rossiyaning taklifini “g‘azablantiruvchi” deb baholagan.

 

Mazkur masala yuzasidan Oq uy izoh berishdan bosh tortgan, Vashingtondagi Rossiya elchixonasi esa jurnalistlarning so‘rovlariga javob bermagan.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida AQShga Eron bilan bog‘liq yana bir nechta takliflar ham kiritgan. Xususan, Axios xabariga ko‘ra, Moskva Eronning boyitilgan uranini Rossiya hududiga o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan, biroq bu taklif ham AQSh tomonidan rad etilgan.

 

Shuningdek, The Wall Street Journal nashri Yaqin Sharqdagi urush boshlanganidan beri Rossiya va Eron o‘rtasidagi razvedka hamkorligi kengaygani, jumladan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari almashinuvi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan. Kreml esa bu ma’lumotlarni rad etgan.

 

Avvalroq Donald Tramp 13-mart kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Eron va Ukraina bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvi o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlik haqida fikr bildirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.