O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolarini Navro‘z bayrami bilan qutladi

Davlat rahbari ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan mahalla raislari va faollarini, barcha yurtdoshlarni tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolarini Navro‘z bayrami bilan qutladi

Bugun Yangi O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z munosabati bilan o'tkazilayotgan tantanali marosimda Shavkat Mirziyoyev mamlakat ahlini bayram bilan qutladi.

 

 

 

 

Prezident Navro‘zni tabiiy uyg‘onish va ruhiy yangilanish ramzi sifatida ta’kidlab, barcha yurtdoshlar, shuningdek, olis va yaqin mamlakatlarda yashayotgan vatandoshlarimizga ezgu tilaklarini izhor qildi. 

 

“Bahor faslida jonajon diyorimizga sharqona yangi yil kirib kelmoqda. Bugun Navro‘zni Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz. Bayram barchaga tinchlik va baxt olib kelsin”, — dedi davlat rahbari.

 

Prezident tabiat uyg‘onishi, osmondan yog‘ayotgan obirahmat va shahar hamda qishloqlarda sayil-tomoshalar boshlangani haqida so‘zlab, Navro‘z kunlarida xalqimizning birdamligi va bunyodkorlik salohiyati yanada ko‘zga tashlanayotganini ta’kidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev bayram qadriyatlariga sodiqlik, millat, til va dinidan qat’i nazar barcha yurtdoshlarni rozi qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi. Bu yilgi Navro‘z tadbirlari “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

 

 

 

 

Prezident yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, zamonaviy korxonalar, uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport obyektlarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga e’tibor qaratdi, yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarni egallashga, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishga, yagona Vatan va yagona xalq sifatida yangi hayot va kelajak yaratishga chaqirdi. Mirishkor dehqon va fermerlar mehnati xalqimiz rizq-u nasibasini boyitayotgani va davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, davlat rahbari ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan jonkuyar mahalla raislari va faollarini, barcha yurtdoshlarni tabriklab, ularga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolarini Navro‘z bayrami bilan qutladi | Zamon.uz