Jahon

AQSh va Eron o‘rtasida kelajakdagi muzokaralar bo‘yicha muhokamalar boshlandi — Axios

AQSh va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmasa-da, Misr va Qatar vositachilik qilmoqda.

AQSh va Eron o‘rtasida kelajakdagi muzokaralar bo‘yicha muhokamalar boshlandi — Axios

Axios nashrining xabar berishicha, AQSh ma’muriyati Eron bilan kelajakda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralarining ehtimoliy yo‘nalishlarini muhokama qilishni boshlagan.

 

Nashr AQSh rasmiysi hamda boshqa manbalarga tayanib yozishicha, Tehron ham bunday muzokaralardan manfaatdor ekanini bildirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti ma’muriyatining elchisi Stiv Vitkoff hamda prezidentning kuyovi Jared Kushner ehtimoliy muzokaralar jarayonida ishtirok etmoqda. Axios manbalarining ta’kidlashicha, ular ilgari Jenevada o‘tkazilgan delegatsiyalar uchrashuvida taqdim etilgan shartlarga o‘xshash takliflar asosida ish olib bormoqda.

 

AQSh rasmiysi nashrga bergan izohida so‘nggi kunlarda Vashington va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmaganini bildirgan. Shu bilan birga, Misr, Qatar va Buyuk Britaniya ikki davlat o‘rtasida vositachilik aloqalarini o‘rnatishga harakat qilayotgani qayd etilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Misr va Qatar AQSh tomoniga Eron muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilgan. Shuningdek, maslahatlashuvlar davomida Eronga tegishli muzlatilgan aktivlarni qaytarish masalasi ham muhokama qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Vashington va Tehron o‘rtasida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar joriy yil 6-fevral kuni qayta boshlangan edi. So‘nggi bosqich 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan.

 

Muzokaralarda Eron delegatsiyasiga Abbos Aroqchi, AQSh tomoniga esa Stiv Vitkoff va Jared Kushner boshchilik qilgan.

Fevral oyi oxirida Eron rasmiylari uranni boyitish jarayonini to‘xtatmasliklarini ma’lum qilgan edi. Texnik maslahatlashuvlarni mart oyining boshida Vena shahrida MAGATE hududida davom ettirish rejalashtirilgan, biroq 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlangani sababli jarayon to‘xtab qolgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh va Eron o‘rtasida kelajakdagi muzokaralar bo‘yicha muhokamalar boshlandi — Axios | Zamon.uz