Jahon

“Boshqa davlatlar rahbarlarining bizga qo‘shilish vaqti keldi” — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri boshqa davlatlarni Eronga qarshi harbiy harakatlarga qo‘shilishga chaqirdi.

“Boshqa davlatlar rahbarlarining bizga qo‘shilish vaqti keldi” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xalqaro hamjamiyatni Eronga qarshi harbiy harakatlarda faolroq ishtirok etishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, ayrim davlatlar allaqachon bu yo‘nalishda qadam tashlay boshlagan.

 

Yakshanba kuni Netanyaxu Eron raketa hujumiga uchragan Isroilning Arad shahriga tashrif buyurib, dunyo yetakchilarini Isroil va AQSh bilan birgalikda Tehronga qarshi kurashga qo‘shilishga chaqirdi.

 

“Boshqa davlatlar rahbarlarining ham bizga qo‘shilish vaqti keldi”, — dedi u. Netanyaxuning fikricha, Eronning harakatlari nafaqat Isroil, balki butun dunyo, jumladan Yevropa xavfsizligiga ham tahdid solmoqda.

 

Isroil bosh vaziri Eronning Quddusdagi muqaddas joylar yaqiniga qilingan hujumlarini ham qoralab, zarbalar G‘arbiy devor, Muqaddas qabr cherkovi va Al-Aqso masjidi yaqinida amalga oshirilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujumlarda mo‘jiza tufayli hech kim jabrlanmagan.

 

Netanyaxu mojaroni Eron hukmron doiralari va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi kurash sifatida baholab, Isroil Eron hududidagi harbiy va strategik nishonlarga zarbalarni davom ettirishini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Trumpga Eronga qarshi harakatlarda yetakchilik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

 

Ayni paytda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ham arab davlatlari Eronga o‘z hududlariga qilingan zarbalar yuzasidan ogohlantirish yuborganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi davlatlari ham AQSh va Isroilning Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiyalariga qo‘shilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

 

Netanyaxu shuningdek Eronning muhim energetika yo‘lagi hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozini yopish harakatlarini tilga olib, bu global energetika va yuk tashish tizimlariga jiddiy tahdid solayotganini ta’kidlagan.

custom img

Tramp Eronga Hormuz bo'g'ozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi

22 davlat Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligini ta’minlash tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

custom img

Erondagi mojaro 5 million tonna issiqxona gazlari chiqindisiga sabab bo‘ldi — OAV

Bu ko‘rsatkich 84 mamlakatning umumiy yillik chiqindilariga teng.

custom img

Eron Isroilning Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berdi

Dimonada 12 tagacha zarba qayd etildi, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.

custom img

AQSh va Eron o‘rtasida kelajakdagi muzokaralar bo‘yicha muhokamalar boshlandi — Axios

AQSh va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmasa-da, Misr va Qatar vositachilik qilmoqda.

custom img

Putin Trampga razvedka almashinuvi bo‘yicha kelishuv taklif qildi — Politico

Unga koʻra, Rossiya Eron bilan razvedka hamkorligini to‘xtatish evaziga Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatishni to‘xtatishni talab qilingan.

custom img

Erondaga zarbalar yaqin kunlarda kuchayadi — Isroil mudofaa vaziri

Isroil operatsiyalar barcha harbiy maqsadlar bajarilgunga qadar davom etishini bildirdi.

custom img

Eron zarbalari AQSh harbiy bazalariga 800 mln dollar zarar yetkazdi — BBC

Zararning katta qismi THAAD tizimi va radar qurilmalariga to‘g‘ri kelgan.

custom img

“Isroil hibsdagi Falastinliklarni doimiy qiynoqqa solib kelmoqda” — BMT eksperti

2023-yil oktyabr oyidan beri 18500 dan ortiq odam hibsga olingan, ulardan 1500 nafarini bolalar tashkil qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"