Jahon

Endi mudofaa emas, hujum strategiyasiga o‘tdik — Eron generali

Tehron AQSh infratuzilma obyektlariga zarba berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Endi mudofaa emas, hujum strategiyasiga o‘tdik — Eron generali

Eron AQSh va Isroil bilan yuzaga kelgan keskinlik fonida harbiy strategiyasini o‘zgartirganini ma’lum qildi. Bu haqda Eronning Xatam al-Anbiyo markaziy shtabi qo‘mondoni, general-mayor Ali Abdullohiy bayonot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Respublikasi qurolli kuchlari mudofaa taktikasidan hujum strategiyasiga o‘tgan va urush olib borish usullari yangilangan.

General Abdullohiy Eron armiyasi imkon qadar samarali harakat qilayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, mamlakatning yosh olimlari va harbiy mutaxassislari zamonaviy qurollar yaratish ustida ishlayotganini bildirib, bu qurollar raqiblarning hisob-kitoblarini buzishi mumkinligini qayd etdi.

 

“Qurolli kuchlar va g‘ayratli yosh olimlarimiz dushman hisob-kitoblarini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan zamonaviy qurollarni ishlab chiqmoqda. Dushmanlar buni ma’lum darajada anglab yetdi. Biz bu tendensiyani davom ettiramiz va jang maydonida yangi kutilmagan hodisalarni taqdim etamiz”, — dedi u.

 

Tehron avvalroq agar AQSh yoki Isroil Eronning yoqilg‘i-energetika infratuzilmasiga yana zarba bersa, Yaqin Sharqdagi Amerika energetika va axborot infratuzilmasi obyektlariga hujum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

 

Shuningdek, Tasnim agentligi manbalariga ko‘ra, agar Xarg orolini egallab olishga urinish bo‘lsa, Tehron tomonidan “misli ko‘rilmagan” javob choralari ko‘rilishi mumkin.

 

Mazkur orol Eron neft eksporti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakat xom neft eksportining qariyb 90 foizi aynan shu terminal orqali amalga oshiriladi.

 

22-mart kuni Donald Tramp Tehronga ultimatum qo‘yib, agar Hormuz bo‘g‘ozi 48 soat ichida ochilmasa, Eronning elektr stansiyalariga zarba berilishi mumkinligini bildirgan edi. Bunga javoban Tehron mintaqadagi AQSh energetika va axborot infratuzilmasi obyektlariga qarshi javob zarbalari berilishini ma’lum qildi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.