Jahon

Eron Isroilning Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berdi

Dimonada 12 tagacha zarba qayd etildi, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Eron Isroilning Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berdi

21-mart kuni kechqurun Eron tomonidan Isroilning Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berildi. Hujumlar oqibatida 100 dan ortiq kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

 

Eron davlat televideniyesi ushbu zarbalarni Natanzdagi uranni boyitish bo‘yicha yadroviy majmuaga qilingan hujumga javob sifatida talqin qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala shaharda ham mudofaa tizimi ayrim raketalarni tutib qola olmagan.

 

Arad shahrida raketaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi natijasida to‘qqizta turar joy binosi vayron bo‘lgan va shahar markaziga jiddiy zarar yetgan. Isroil favqulodda xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, shaharda kamida 88 kishi jarohatlangan, ulardan 10 nafari og‘ir ahvolda. Og‘ir yaradorlar orasida besh yoshli qizaloq ham bor.

 

Dimona shahrida esa 12 tagacha zarba qayd etilgani aytilmoqda. Ulardan biri turar joy binosiga kelib tushgan va natijada 50 dan ortiq kishi yaralangan. Rasmiylar hozircha ikki shaharda ham halok bo‘lganlar haqida ma’lumot bermagan.

 

Isroillik harbiy jurnalist Sergey Auslenderning ta’kidlashicha, vayronagarchiliklar va jarohatlanganlar sonining ko‘pligiga qaramay, qurbonlar bo‘lmagani “deyarli mo‘jiza” hisoblanadi. U, shuningdek, ayrim tutib oluvchi raketalar nishonni yo‘q qilolmaganini ham qayd etgan.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hujumlarga munosabat bildirar ekan, bu oqshom Isroil uchun “og‘ir kecha” bo‘lganini aytib, Eronga qarshi zarbalar davom etishini ma’lum qilgan.

 

Shu bilan birga, MAGATE agentligi Dimonadagi Shimon Peres nomidagi yadroviy tadqiqot markaziga zarar yetgani haqida ma’lumot olmaganini hamda hududda radiatsiya darajasi oshgani qayd etilmaganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron Isroilning Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berdi | Zamon.uz