Jahon

AQSH-Isroil urushi rejalari amalga oshmadi: Eronda ichki qo‘zg‘olon kuzatilmayapti

AQSH urush boshlaganidan buyon oldindan o‘ylagan rejalari amalga oshmadi. Jumladan Trampning o‘z ittifoqchilari bilan maslahatlashmay boshlagan urushida NATO va boshqa do‘st davlatlar yordam bermasligini aytmoqda.

AQSH-Isroil urushi rejalari amalga oshmadi: Eronda ichki qo‘zg‘olon kuzatilmayapti

AQSh urush boshlanganidan buyon oldindan o‘ylangan rejalari amalga oshmadi. Jumladan Trampning o’z ittifoqchilari bilan maslahatlashmay boshlagan urushida NATO va boshqa do’st davlatlari yordam bermasligini aytmoqda.

 

Shuningdek, AQSh va Isroil 2025-yil oxirida Eronda tartibsizliklarni keltirib chiqarib mamlakat ichidagi muxolifat orqali hukumatni ag’darmoqchi bo‘lgan biroq, bu reja ham amalga oshmagan. The New York Times nashrining yozishicha, AQSh va Isroil Eron bilan urush boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda, Isroilning tashqi razvedka xizmati — Mossad rahbari bosh vazir Benyamin Netanyahu huzuriga reja bilan borgan.

 

Mossad rahbari David Barneaning aytishicha, urush boshlanganidan bir necha kun o‘tib, uning xizmati ehtimol Eron muxolifatini safarbar qilishi — bu esa tartibsizliklar va boshqa qo‘zg‘olon harakatlarini keltirib chiqarib, hatto Eron hukumatining qulashiga ham olib kelishi mumkin edi. Barnea ushbu rejani yanvar o‘rtalarida Vashingtonga tashrifi chog‘ida Tramp administratorining yuqori martabali amaldorlariga ham taqdim etgan. Netanyaxu bu rejani qabul qilgan. Uni amalga oshishiga AQShning ayrim yuqori lavozimli amaldorlari va Isroil razvedka tizimidagi mutasaddilar va prezident Donald Tramp ham optimistik yondashuvni ma’qullagan. Ularning fikricha, mojaro boshida Eron yetakchilarini yo‘q qilish, so‘ngra rejim o‘zgarishini rag‘batlantirishga qaratilgan razvedka operatsiyalari ketma-ketligi ommaviy qo‘zg‘olonga sabab bo‘lishi va urushni tez yakunlashga olib kelishi mumkin edi.

 

“Davlatingizni o‘z qo‘lingizga oling — u sizniki bo‘ladi,” degan edi Tramp urush boshidagi ilk murojaatida eronliklarga, bundan oldin esa ularga bombardimondan panoh topishni tavsiya qilgan edi.

 

Urush boshlanganiga uch hafta bo‘lishiga qaramay, Eronda hali ichki qo‘zg‘olon yuzaga kelgani yo‘q. AQSh va Isroil razvedka baholariga ko‘ra, Eronning diniy hukumati zaiflashgan, ammo hanuz saqlanib qolgan. Mamlakat ichida keng tarqalgan qo‘rquv — ayniqsa harbiy va politsiya kuchlaridan qo‘rquv — yangi boshlanayotgan isyon ehtimolini susaytirgan, shuningdek, Eron tashqarisidagi etnik qurolli guruhlarning chegaradan hujum boshlash ehtimolini ham kamaytirgan.

 

Isroil va AQSh Eron Ichida keng ko‘lamli qo‘zg‘olon uyushtira oladi degan ishonch ortidan Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatla urushga deyarli tayyorlanmagan. Bu mintaqa davlatlarining asosiy xatolardan biri bo‘lgan, deya yozadi “The New York Times”. Eron hukumati ichkaridan yemirilishi o‘rniga, aksincha, o‘z pozitsiyasini mustahkamlab, mojaroni yanada keskinlashtirdi. Natijada, Fors ko‘rfazi atrofidagi harbiy bazalar, shaharlar va kemalar, shuningdek, neft-gaz infratuzilmasiga qarshi zarbalar nishoniga aylandi.

 

Ushbu ma’lumotlar o‘ndan ortiq amaldagi va sobiq amerikalik, isroillik hamda boshqa xorijiy amaldorlar bilan o‘tkazilgan intervyularga asoslangan. Ularning aksariyati urush sharoitida milliy xavfsizlik va razvedka masalalarini muhokama qilish uchun anonim qolish sharti bilan gaplashgan. The New York Times turli qarashlarga ega bo‘lgan rasmiylar bilan suhbatlashgan.

 

Janob Trampning ilk nutqidan beri AQSh rasmiylari Erondagi ehtimoliy qo‘zg‘olon haqida ochiq gapirishni deyarli to‘xtatdi. Shunga qaramay, ayrimlar hali ham bunday ssenariy yuz berishidan umidini uzmagan. Retorikasi yumshagan bo‘lsa-da, janob Netanyaxu hanuz AQSh-Isroil havo hujumlari yer ustidagi kuchlar bilan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlamoqda.

 

Yopiq eshiklar ortida Netanyaxu “Mossad”ning Eronda qo‘zg‘olon uyushtirish haqidagi va’dalari amalga oshmayotganidan norozi ekanini bildirgan. Urush boshlanganidan bir necha kun o‘tib o‘tkazilgan xavfsizlik yig‘ilishlaridan birida u Tramp urushni istalgan payt to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini aytib, razvedka operatsiyalari hali natija bermaganini aytgan. Urushdan oldingi davrda esa amaldagi va sobiq AQSh hamda Isroil rasmiylariga ko‘ra, Netanyaxu aynan Mossadning optimistik baholariga tayanib, Trampni Eron hukumatini qulatish real maqsad ekaniga ishontirishga harakat qilgan.

 

Ko‘plab yuqori martabali AQSh rasmiylari, shuningdek Isroil armiyasi harbiy razvedkasi — AMAN tahlilchilari bu reja bo‘yicha skeptik qarashda bo‘lgan. AQSh harbiylari Trampga AQSh va Isroil bombardimon qilayotgan paytda eronliklar ko‘chaga chiqmasligi haqida ma’lumot bergan, biroq Tramp bu tahlillarni inobatga olmagan.

 

Razvedka baholariga ko‘ra, diniy hukumatni ag‘darib tashlaydigan ommaviy qo‘zg‘olon ehtimoli past bo‘lgan va AQSh-Isroil hujumlari fuqarolar urushini qo‘zg‘atishiga ishonch bo‘lmagan. Tramp o’z ittifoqchilari bilan maslahatlashmay boshlangan urushga 2 hafta o‘tib NATOga a’zo davlatlardan yordam so’ray boshladi. Biroq alyansga a’zo davlatlar va boshqa ittifoqichi mamlakatlar yordam bermasligini aytmoqda.

 

The Atlantic nashrining yozishicha, Donald Trampning Eronga qarshi davom etayotgan hujumlariga qarshilik tobora kuchayib bormoqda. Bu qarshilik nafaqat Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar, balki demokratik partiya yetakchilari orasida, balki uning o‘z siyosiy tayanchi hisoblangan MAGA tarafdorlari ichida ham Trampga qarshi norozilik kuchaymoqda. Joriy hafta davomida terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishidagi yuqori lavozimli amaldorlardan biri Jon Kent aynan ushbu siyosatga norozilik sifatida o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi.

 

AQSH ittifoqchilarini Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlashga chaqirgan, ammo Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari bu missiyani NATOning vazifasi deb hisoblamasligini ma’lum qilgan. Ammo NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans davlatlarini Eronga qarshi harbiy amaliyotda AQSH Prezidenti Donald Tramp atrofida jipslashishga va yadroviy tahdidning oldini olishda "yagona front" bo‘lib chiqishga chaqirmoqda.

 

Bosh kotibning ta’kidlashicha, yadroviy qurolga ega Eron nafaqat Isroil, balki Yevropa va butun dunyo barqarorligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘diradi.

“Men bir narsani bilaman, biz doim birlashamiz”, — degan alyans rahbari.

 

Ryuttening tushuntirishicha, yevropalik sheriklarning jarayonga kechikib qo‘shilishi hujumlarning kutilmaganlik ta’sirini saqlab qolish maqsadida ularning dastlabki rejalashtirishga jalb etilmagani bilan bog‘liq. U Shimoliy Koreya bilan bog‘liq tajribani misol keltirib, muzokaralar haddan tashqari cho‘zilib ketsa, yadroviy qurol paydo bo‘lishi va vaziyatni nazorat qilish imkoniyati boy berilishini aytdi. Shu sababli, Ryutte Trampning harbiy sa’y-harakatlarini «dunyoni xavfsiz qilish» yo‘lidagi qadam sifatida to‘liq yoqladi.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH va Isroilning Eron yadroviy obyektlariga bergan zarbalari munosabati bilan BMTga murojaat yo‘llagan. Tehron hujumlarni xalqaro huquqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi deb atadi, Vashington va Tel-Avivdan yetkazilgan zararni to‘liq qoplashni talab qildi va BMTni aniq va prinsipial pozitsiyani egallashga chaqirdi.

 

Aroqchining ta’kidlashicha, Natanz va Busher atom elektr stansiyasi yaqinidagi tinch yadroviy obektlarga berilgan zarbalar BMT Nizomi, MAGATE nizomi va xalqaro huquq normalarini buzadi.

 

Uning ta’kidlashicha, bunday obyektlarga maqsadli zarba berish radioaktiv moddalarning tarqalishiga va odamlar hamda atrof-muhit uchun o‘ta xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari sodir bo‘lgan voqeani harbiy jinoyatlar deb atamoqda.

 

Yaqin Sharqda ro’y berayotgan voqealar haqidagi ishonchli ma’lumotlardan xabardor bo‘lish uchun Zamon.uz’ni kuzatishda davom eting.

custom img

Turkiya, Misr va Pokiston Eron-AQSh mojarosida vositachilik qilmoqda

Uch mamlakat AQSh elchisi Stiv Vitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan.

custom img

Qirgʻizistonda vazir jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortildi

Ichki ishlar vazirligi qonun lavozimi yoki maqomidan qatʼi nazar, barchaga tegishli ekanligini taʼkidladi.

custom img

BAA havo hududining yopilishi yana bir haftaga uzaytirildi

Cheklovlar tranzit reyslarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyadagi yirik yong‘inda o‘zbekistonliklar jabrlanmagani ma’lum qilindi

Hozirda vaziyat O‘zbekiston TIV tomonidan nazoratga olingan.

custom img

Tramp Eron bilan besh kunlik sulh e'lon qildi

AQSh prezidenti davom etayotgan muzokaralar yuzasidan Eron obyektlariga zarbalarni vaqtincha cheklashni buyurdi, Tehron esa AQSh bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini inkor qildi.

custom img

"Eron bilan Yaqin Sharqda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi" — Donald Tramp

Tramp mazkur muzokaralar haqida ma’lumot berganidan so‘ng neft va gaz narxlarida o‘zgarish yuz berdi.

custom img

AQSh va Isroil Eronning yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar uchun tovon to‘lashi kerak — Eron TIV rahbari

Abbos Aroqchi AQSH-Isroil hujumlari xalqaro huquqning majburiy normalarini buzganini ta’kidlamoqda.

custom img

Qozog‘istonda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Hodisa 1 ta yuk avtomobili va 3 ta yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"