Jahon

AQSh va Eron urushi ortidan Osiyo fond bozorlarida pasayish kuzatildi

Bunga AQSh va Eronning harbiy harakatlarni kuchaytirish haqidagi bayonotlari sabab bo‘lgan.

AQSh va Eron urushi ortidan Osiyo fond bozorlarida pasayish kuzatildi

Dushanba kuni Osiyo fond bozorlari pasayish bilan ochildi, deya xabar bermoqda BBC. 

 

Bunga AQSh va Eron o‘rtasida harbiy harakatlarni kuchaytirish ehtimoli haqidagi bayonotlar sabab bo‘ldi. Mojaro to‘rtinchi haftaga kirgan.

 

Qayd etilishicha, Yaponiyaning asosiy Nikkei 225 indeksi ertalabki savdolarda 3,4 foizga pasaydi, Janubiy Koreyaning Kospi indeksi esa qariyb 5 foizga tushib ketdi.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni agar Eron muhim dengiz yo‘li — Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmasa, mamlakatning elektr stansiyalariga zarba berilishi mumkinligini bildirdi. Eron esa bunday harakatlarga javoban mintaqadagi muhim infratuzilmalarni, jumladan energetika obyektlarini nishonga olishini ma’lum qildi.

 

Mazkur vaziyat Yaponiya va Janubiy Koreyaga ta’sir o‘tkazmoqda, chunki ularga import qilinadigan neft va gazning katta qismini aynan shu bo‘g‘oz orqali oladi.

 

AQSh va Isroil tomonidan 28-fevral kuni amalga oshirilgan hujumlardan so‘ng, Eron Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatni amalda cheklab qo‘ygan. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘lak orqali odatda dunyo neftining va suyultirilgan tabiiy gazning qariyb 20 foizi tashiladi. Mojaro esa global yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelgan.

 

Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatih Birol dushanba kuni ushbu vaziyat dunyoni so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik energetik inqirozlardan biriga olib kelishi mumkinligini aytdi. U hozirgi holatni 1970-yillardagi energetik inqirozlar hamda Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlari bilan taqqosladi.

 

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida, agar Eron 48 soat ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq va hech qanday tahdidsiz ochmasa, AQSh Eronning elektr stansiyalariga zarba berishini, eng yirik obyektlardan boshlashini ta’kidladi.

 

Bu bayonot Eron raketalari Isroilning Dimona shahriga zarba berganidan keyin, shuningdek Arad shahri yaqinidagi yana bir hujumdan oldin yangradi.

 

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bakir Qolibaf yakshanba kuni agar mamlakat elektr stansiyalariga hujum qilinsa, mintaqadagi energetika va suvni tuzsizlantirish infratuzilmalari “qaytarib bo‘lmas darajada vayron qilinishi”ni aytdi.

 

Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa bozorlarida ham pasayish kuzatildi: Gonkongning Hang Seng indeksi 2,5% ga, Tayvanning asosiy indeksi esa 2% ga tushdi.

 

Neft narxlari nisbatan barqaror bo‘ldi: Brent markali neft narxi 0,2% ga pasayib, barreli 112 dollarni tashkil etdi, AQSh xom nefti esa 0,3% ga oshib, 98,57 dollarga yetdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.