Jahon

AQSh va Isroil Eronning yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar uchun tovon to‘lashi kerak — Eron TIV rahbari

Abbos Aroqchi AQSH-Isroil hujumlari xalqaro huquqning majburiy normalarini buzganini ta’kidlamoqda.

AQSh va Isroil Eronning yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar uchun tovon to‘lashi kerak — Eron TIV rahbari

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Birlashgan Millatlar Tashkilotini AQSh va Isroilni mamlakat yadroviy obyektlariga qilgan hujumlari uchun to‘liq kompensatsiya to‘lashga majbur qilishga chaqirdi. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, vazir yakshanba kuni BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi a’zolariga yo‘llagan maktubida Natanzdagi va Bushehr yadroviy obyektlariga qilingan hujumlarni urush jinoyati va xalqaro tinchlikka qarshi tajovuz deb atagan hamda Eronning yetkazilgan zarar uchun to‘liq qoplanishini talab qilgan.

 

Aroqchi AQSH-Isroil hujumlari BMT nizomi, Xalqaro atom energetiyasi agentligi nizomi va xalqaro huquqning majburiy normalarini buzganini ta’kidlamoqda. Vazir shuningdek, Isroilni Yadro qurollarini tarqatmaslik shartnomasiga qo‘shilishiga va ommaviy vayron qiluvchi qurollarni taqiqlovchi xalqaro shartnomalarga rioya qilishga chaqirdi.

 

Xabarga ko‘ra, maktub Eron yadroviy obyektlarining bir qismi hujumga uchragani e’lon qilingan kundan keyin yuborilgan. Eron bir necha marta AQSh va Isroilning yadroviy obyektlariga qilgan hujumlarini qoralab, ularning Tehronning yadroviy qurollar ishlab chiqarishga urinishlariga qarshi ekanligini ta’kidlagan.

 

Mehr agentligi ko‘plab BMT hisobotlari esa Eronning yadroviy faoliyati tinch maqsadga yo‘naltirilganligini va xalqaro me’yor va standartlarga mosligini tasdiqlayotganini yozmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh va Isroil Eronning yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar uchun tovon to‘lashi kerak — Eron TIV rahbari | Zamon.uz