Jahon

Donald Tramp va Si Jinpin uchrashuvi Eron mojarosi tugaguncha kechiktiriladi — Politico

Biroq Oq uy uchrashuv o‘tkazilishi Eron urushi bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

Donald Tramp va Si Jinpin uchrashuvi Eron mojarosi tugaguncha kechiktiriladi — Politico

AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Jinpin o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv Eron bilan bog‘liq mojaro fonida noma’lum muddatga kechiktirilmoqda. Bu haqda Politico manbalarga tayanib xabar bermoqda. 

 

Vashingtondagi manbalarga ko‘ra, sammit sanalari faqat mojaroning faol bosqichi yakunlangach taklif etilishi mumkin.

 

Biroq Oq uy bu ma’lumotni rad etib, uchrashuv o‘tkazilishi Eron urushi bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

 

Rasmiylar AQSh va Xitoy o‘rtasida muzokaralar davom etayotganini va yangi sanalar yaqin orada e’lon qilinishini aytagn. Xitoy elchixonasi esa kechikish haqida aniq ma’lumot bermagan.

 

Dastlab mart oyi oxiriga rejalashtirilgan uchrashuv Tramp tomonidan “urush davom etayotgani” sabab bir necha haftaga ortga surilgan. Keyinchalik u uchrashuv taxminan bir yarim oy ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytgan. Oq uy vakillari esa uning may oyidan keyinga qolishi ehtimolini ham istisno etmayapti.

 

Eron bilan mojaro to‘rtinchi haftaga kirar ekan, AQSh mintaqada harbiy faollikni kuchaytirmoqda. CBS News manbalari Eron hududiga quruqlik qo‘shinlarini joylashtirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqqanini va Fors ko‘rfazi hududiga minglab harbiylar yuborilayotganini xabar qilgan.

 

Shu bilan birga, Tramp qo‘shin yuborish rejalari bor-yo‘qligiga aniq javob bermay, bunday qarorlar oshkor etilmasligini ta’kidlagan.

 

Mutaxassislar fikricha, davom etayotgan mojaro sharoitida bunday yuqori darajadagi uchrashuvni tashkil etish murakkab. Shunga qaramay, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi nozik savdo muvozanatini saqlash uchun ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi muloqot muhim hisoblanadi.

 

Tramp avvalroq Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalarni qisqartirish ehtimolini ham istisno etmagan va AQSh o‘z maqsadlariga yaqinlashayotganini bildirgan. U, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlashda ittifoqchilar rolini oshirish mumkinligini ta’kidlagan.

 

Donald Tramp va Si Jinpin o‘tgan yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda savdo keskinligini yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishni oshirishga va ayrim eksport cheklovlarini yumshatishga rozi bo‘lgan, AQSh esa yuqori bojlarni joriy etishni vaqtincha to‘xtatgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Donald Tramp va Si Jinpin uchrashuvi Eron mojarosi tugaguncha kechiktiriladi — Politico | Zamon.uz