Jahon

"Eron bilan Yaqin Sharqda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi" — Donald Tramp

Tramp mazkur muzokaralar haqida ma’lumot berganidan so‘ng neft va gaz narxlarida o‘zgarish yuz berdi.

"Eron bilan Yaqin Sharqda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi" — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Eron Yaqin Sharqda to‘liq va umumiy nizolarni hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi.

 

"Mudofaa vazirligiga Eron elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga har qanday harbiy zarbalarni besh kunga kechiktirishni buyurdim," — deb yozgan Tramp.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror AQSH va Eron rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qabul qilingan.

 

Shanba kechasi Trump Eronga Hormuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochishni talab qilgan, aks holda AQSh quvvat stansiyalarini “birinchi navbatda eng kattasidan boshlab yo‘q qilishi”ni bildirgan edi.

 

Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan telefon qo‘ng‘irog‘ida Hormuz bo‘g‘ozini ochish global yuk tashishni tiklash uchun “zarur” ekanini ta’kidlagan. Qo‘ng‘iroq 20 daqiqa davom etib, “konstruktiv” bo‘lgan, deya ma’lum qilgan Dauning-strit.

 

BBC xabariga ko‘ra, Tramp mazkur muzokaralar haqida ma’lumot berganidan so‘ng neft va gaz narxlarida o‘zgarish yuz berdi.

 

Brent nefti barreliga taxminan 13 foizga tushib, 96 dollarga yetdi. FTSE 100 indeksi oldin 2 foizga pasaygan bo‘lsa, hozir 0,5 foizga o‘sdi.

 

Shuningdek, gaz narxi 159 pensdan 139 pensga tushdi. 10 yillik Buyuk Britaniya davlat obligatsiyalari daromadi oldin 5,121 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, hozir 4,89 foizga tushdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Eron bilan Yaqin Sharqda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi" — Donald Tramp | Zamon.uz