Jahon

Janubiy Koreyadagi yirik yong‘inda o‘zbekistonliklar jabrlanmagani ma’lum qilindi

Hozirda vaziyat O‘zbekiston TIV tomonidan nazoratga olingan.

Janubiy Koreyadagi yirik yong‘inda o‘zbekistonliklar jabrlanmagani ma’lum qilindi

Daejeon shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqariladigan zavodda yuz bergan yirik yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in 20-mart kuni sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat ko‘lami juda katta bo‘lgani sababli Janubiy Koreya Milliy yong‘in xizmati agentligi tomonidan milliy safarbarlik buyrug‘i e’lon qilingan. Ushbu choralar odatda hududiy resurslar yong‘inni bartaraf etish va qutqaruv ishlarini olib borish uchun yetarli bo‘lmaganda qo‘llanadi.

 

Hozirda vaziyat O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan doimiy nazoratga olingan. Shuningdek, Koreyadagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi orqali tegishli mahalliy idoralar bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

 

Zarurat tug‘ilgan taqdirda, fuqarolar O‘zbekiston elchixonasiga favqulodda telefon raqamlari yoki elektron pochta manzillari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Koreyadagi yirik yong‘inda o‘zbekistonliklar jabrlanmagani ma’lum qilindi | Zamon.uz