O'zbekiston

Joriy yilning oktabridan Toshkent va atrofida yangi issiqxonalar tashkil etish cheklanadi

“Yashil makon” loyihasi doirasida 2030-yilgacha 28 ta botanika va dendrologiya bog‘i tashkil etiladi.

Joriy yilning oktabridan Toshkent va atrofida yangi issiqxonalar tashkil etish cheklanadi

2026-yil 1-oktabrdan Toshkent shahri va unga tutash hududlarda yangi issiqxonalar tashkil etish cheklanishi eʼlon qilindi. Bu qaror ekologik barqarorlikni taʼminlash, havoning ifloslanishini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilindi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan loyiha taqdimotida Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasi belgilangan meʼyordan yuqori ekanligi qayd etildi. Havo ifloslanishining asosiy omillari sifatida sanoatning o‘sishi, transport vositalari sonining ortishi, uglerod yoqilg‘ilaridan keng foydalanish va tabiiy omillar hamda nazorat yetarli emasligi ko‘rsatildi. Toshkent hududidagi issiqxonalar orasida ko‘mir, mazut va nostandart yoqilg‘idan foydalanuvchi xo‘jaliklar ulushi yuqori bo‘lib, chiqarayotgan NO₂, SO₂ va PM2,5 kabi zararli moddalar havoning sifatiga sezilarli taʼsir ko‘rsatmoqda.

 

Shuning uchun yangi issiqxonalarni energiya tejamkor va tabiiy-iqlim sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga bosqichma-bosqich ko‘chirish taklif etildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda agropark tashkil etish rejalashtirilgan. Bu hududda quyosh nurlanishi yuqori, qish nisbatan yumshoq, isitish xarajatlari past bo‘lib, mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.

 

Ko‘chiriladigan issiqxonalar uchun infratuzilma, kredit va logistika bo‘yicha qulayliklar yaratiladi. Shu bilan birga, “Yashil makon” loyihasi doirasida botanika va dendrologiya bog‘lari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 3 ta botanika bog‘i mavjud bo‘lsa, loyiha doirasida yana 12 ta botanika va 16 ta dendrologiya bog‘i tashkil etiladi. Har bir hududda tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar tanlanadi.

 

2030-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan botanika va dendrologiya bog‘lari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Natijada mamlakatda umumiy yashillik darajasi 14,2 foizdan 30 foizgacha oshiriladi, PM2,5 va PM10 konsentratsiyasi 20-25 foizga kamayadi, iqlimi og‘ir hududlarda o‘rtacha havo harorati 1,5–2 darajaga pasayishi kutilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha ekologik barqarorlikni taʼminlashda muhim ekanini qayd etib, uni maʼqulladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.