Jahon

Kim Chen In yana Shimoliy Koreya prezidenti etib saylandi

Kim Chen In 2011-yilda otasi vafot etganidan beri mamlakatni boshqarib kelmoqda.

Kim Chen In yana Shimoliy Koreya prezidenti etib saylandi

Kim Chen In mamlakatning Oliy Xalq Assambleyasining birinchi sessiyasida prezident lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqda Reuters Shimoliy Koreya davlat nashri KCNA'ga tayanib xabar bermoqda.

 

Kim 1948-yilda bobosi Kim Ir Sen tomonidan asos solingan davlatning uchinchi avlod hukmdori bo‘lib, otasi 2011-yilda vafot etganidan beri mamlakatni boshqarib kelmoqda.

 

Qayd etilishicha, Pxenyandagi yig‘ilishda sotsialistik konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, shuningdek, Davlat Ishlari Komissiyasi raisi va boshqa davlat rahbarligi organlarini saylash masalalari ko‘rib chiqildi. Assambleya shuningdek, fevral oyida bo‘lib o‘tgan IX partiya kongressida e’lon qilingan besh yillik iqtisodiy rejani ham muhokama qilgan.

 

“Diqqat markazida esa, Pxenyan Janubiy Koreyaga nisbatan Kim Chen Inning “ikki dushman davlat” siyosatini rasmiylashtirish uchun konstitutsiyani o‘zgartiradimi degan savol turibdi. So‘nggi yillarda yetakchi Shimoliy Koreyaning uzoq yillik tinch birlashish maqsadini chetga surib, Janubiy Koreyani dushman davlat sifatida qayta e’lon qildi”, deb yozmoqda agentlik.

 

Yirik siyosiy shaxs, Kim Chen Inning singlisi, Kim Yo Chen esa,  Davlat Ishlari Komissiyasi a’zolari orasida ko‘rsatilmagan. Janubiy Koreya Birlashuv Vazirligi bu o‘zgarish sababini o‘rganayotganini bildirsa-da, ekspertlar bu uning ta’sir kuchi kamayganini bildirmasligini ta’kidlashmoqda. 

 

Kyungnam Universiteti professori Lim Eul-chulning fikricha, uning ro‘yxatdan yo‘qligi maqomining pasayganini emas, balki strategik rol taqsimotini ko‘rsatadi.

 

Ushbu yig‘ilish Shimoliy Koreya yetakchiligida siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlarni belgilashda muhim voqea sifatida baholanmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.