Jahon

Nyu-Yorkdagi La-Guardia aeroporti Air Canada samolyoti o‘t o‘chirish mashinasiga urilgani sabab yopildi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor.

Nyu-Yorkdagi La-Guardia aeroporti Air Canada samolyoti o‘t o‘chirish mashinasiga urilgani sabab yopildi

Montrealdan kelayotgan Air Canada Express 8646-reys samolyoti Nyu-Yorkdagi La-Guardia aeroportiga qo‘nayotganda yer usti transport vositasiga urildi va bu aeroportning yopilishiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

 

Nyu-York politsiyasi AFP agentligiga dushanba kuni samolyot “port ma’muriyati transport vositasiga urildi” deb ma’lum qilgan. 

 

Reuters'ga ko‘ra, hodisa natijasida 4 kishi jabrlangan. Samolyotning uchuvchilari jiddiy jarohat olgan. o‘t o‘chirish mashinasidagi serjant va politsiya xodimining suyaklari singan, ammo ularning holati barqaror. Samolyotda 72 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi bo‘lgan, hozircha yo‘lovchilar orasida jiddiy jarohat olganlar haqida ma’lumot berilmagan.

 

Flightradar24 xabar berishicha, CRJ‑900 samolyoti yakshanba kechasi taxminan 24 mph (39 km/soat) tezlik bilan transport vositasiga urilgan. Samolyot Air Canada ning mintaqaviy hamkori Jazz Aviation tomonidan boshqarilgan.

 

AQSh Federal Aviatsiya Administratsiyasi (FAA) samolyot favqulodda holati sababli La-Guardia aeroportiga barcha reyslarni to‘xtatganini e’lon qildi. FAA bayonotida aeroport yopilishi favqulodda holat bilan bog‘liq ekanligi aytilgan, ammo qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda samolyot burnining yuqoriga egilgan holda shikastlanganini ko‘rish mumkin.

 

Shuningdek, La-Guardia aeroportining rasmiy saytida aeroportga kelayotgan samolyotlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgani yoki chiqish nuqtasiga qaytarilgani ko‘rsatilgan. 

 

Nyu-York shahrining favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholiga aeroport yaqinida yo‘l yopilishlari, transport kechikishlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Nyu-Yorkdagi La-Guardia aeroporti Air Canada samolyoti o‘t o‘chirish mashinasiga urilgani sabab yopildi | Zamon.uz