O'zbekiston

O‘zbekistonliklar AQSHda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etiladi

O‘rtacha oylik miqdori 3500 dollarni tashkil qiladi.

O‘zbekistonliklar AQSHda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etiladi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev AQSHning USA Farm Labor tashkiloti rahbari Manuyel Fik bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda o‘zbekistonlik nomzodlarni AQSHdagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga ilk bor jalb etish mexanizmlari muhokama qilindi. Muloqot davomida ish muddati 9–10 oy, oylik esa o‘rtacha 3 500 dollar bo‘lishi, turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanishi hamda malakali mutaxassislar ustuvorlikka ega ekani belgilandi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi va keyingi bosqichlarni eng tez muddatlarda amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, USA Farm Labor 22-yildan buyon H-2A dasturi doirasida AQSHda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga xorijiy ishchilarni jalb qiladi va hozirda 1 400 dan ortiq fermer xo‘jaliklari va rancholar bilan hamkorlik qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar AQSHda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etiladi | Zamon.uz