O'zbekiston

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Ular qarzdor fuqarodan ijro ishini tugatish evaziga pul olgan va undiruvchi fuqaroni aldagan.

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyatida Majburiy ijro byurosi (MIB) Mirzaobod tuman bo‘limi 2 nafar davlat ijrochisi noqonuniy harakatlari uchun ushlandi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 2021-yil dekabr oyidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor shaxsdan undiruvchi fuqaro foydasiga 30 mln so‘m miqdorida moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilangan bo‘lib, u mazkur davlat ijrochilaridan birining ish yurituvida bo‘lgan.

 

Davlat ijrochilari qarzdor fuqarodan ijro ishini tugatish evaziga 20 mln so‘m olib, undiruvchi fuqaroga go‘yoki qarzdor og‘ir sharoitda ekanligini ro‘kach qilib, pulning 14 mln so‘m qismini berishgan hamda undan 30 mln so‘m olganligi va da’vosi yo‘qligi to‘g‘risida tilxat yozdirib olgan.

 

So‘ngra ular qolgan 6 mln so‘mni tuman prokuraturasi binosi oldida o‘zaro 3 mln so‘mdan taqsimlab olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur MIB davlat ijrochilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.