O'zbekiston

Toshkent viloyatining tog‘li hududlariga yangi mikroavtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi

Yo‘l haqi 10 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, qatnovlar har kuni soat 6:00 dan boshlanadi.

Toshkent viloyatining tog‘li hududlariga yangi mikroavtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi

21-martdan boshlab Toshkent viloyatining mashhur tog‘li hududlariga olib boruvchi yangi 324- va 325-sonli mikroavtobus yo‘nalishlari ishga tushirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishlar Chinorkent, Chimyon hamda Amirsoy kabi sayyohlik maskanlariga borishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Yangi qatnovlar nafaqat hudud aholisi, balki mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun ham qulay transport imkoniyatini yaratadi.

 

324-sonli yo‘nalish Chinorkent temir yo‘l bekatidan boshlanib, Chimyon orqali Qoranqul, Pana mehmonxonasi, Amirsoy, Tibet, Beldersoy, Sevarsoy, Layner, Piramida va Bochka manzillari orqali harakatlanadi. 325-sonli yo‘nalish esa ushbu yo‘nalish bo‘ylab teskari tartibda qatnovni amalga oshiradi.

 

Yo‘nalishlarda 16 o‘rinli, konditsioner bilan jihozlangan zamonaviy Ford mikroavtobuslari xizmat ko‘rsatadi. Yo‘l haqi 10 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, to‘lovni naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirish mumkin.

 

Qatnovlar har kuni soat 06:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mikroavtobuslar har 15 daqiqada harakatlanadi. Manzilgacha yetib borish vaqti o‘rtacha 40 daqiqani tashkil etadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatining tog‘li hududlariga yangi mikroavtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi | Zamon.uz