Jahon

Tramp Eron bilan besh kunlik sulh e'lon qildi

AQSh prezidenti davom etayotgan muzokaralar yuzasidan Eron obyektlariga zarbalarni vaqtincha cheklashni buyurdi, Tehron esa AQSh bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini inkor qildi.

Tramp Eron bilan besh kunlik sulh e'lon qildi

Donald Tramp AQSh Mudofaa vazirligiga Eron energetika infratuzilmasiga rejalashtirilgan havo zarbalarini besh kunga to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Uning ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda AQSh va Eron o‘rtasida Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalasida “samarali va konstruktiv” muzokaralar o‘tkazilgan. Shu sababli Eron elektr stansiyalari hamda energetika obyektlariga zarba berish vaqtincha kechiktirilgan.

 

Trampning ta’kidlashicha, ushbu muzokaralar hafta davomida davom etadi. Muzokaralarning borishi ijobiy yakunlansa, tomonlar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha kengroq kelishuvga erishilishi mumkin.

 

Biroq Tehron rasmiylari bunday muzokaralar o‘tkazilayotganini inkor etgan. Mas’ud Pezeshkian AQSh prezidenti bayonotlariga munosabat bildirib, Tashqi ishlar vazirligining pozitsiyasini keltirdi: unga ko‘ra, Tehron va AQSh o‘rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.

 

Eron tomoni Trampning bayonotlari asosan energetika bozoridagi narxlarni pasaytirish va AQShning harbiy rejalarini amalga oshirish uchun vaqt yutishga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

 

Avvalroq Tramp Hormuz bo‘g‘ozi masalasida Tehronga ultimatum qo‘yib, agar bo‘g‘oz 48 soat ichida ochilmasa, Eron elektr stansiyalariga zarba berilishi mumkinligini aytgandi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Tramp Eron bilan besh kunlik sulh e'lon qildi | Zamon.uz