Jahon

Turkiya, Misr va Pokiston Eron-AQSh mojarosida vositachilik qilmoqda

Uch mamlakat AQSh elchisi Stiv Vitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan.

Turkiya, Misr va Pokiston Eron-AQSh mojarosida vositachilik qilmoqda

 

Axios nashri manbasiga tayanib xabar berishicha, Turkiya, Misr va Pokiston AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro jarayonida vositachilik qilmoqda. So‘nggi kunlarda uch mamlakat tomonlarga xabar almashish va muzokaralarda yordam berib, jarayonni osonlashtirishga harakat qilmoqda.

 

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, uch mamlakat AQSh elchisi Stiv Vitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan. Vositachilik jarayoni davom etmoqda va allaqachon ma’lum yutuqlarga erishilgan.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox Business intervyusida Eron bilan keyingi besh kun ichida kelishuvga erishishni maqsad qilganini ma’lum qilgan. U o‘zi AQSh harbiylariga ushbu vaqt davomida Eron energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatishni buyurganini ham qo‘shimcha qilgan.

 

Axios manbasi ta’kidlaganidek, vositachilikning asosiy maqsadi — urushni to‘xtatish va hal qilinmagan barcha masalalarni siyosiy yo‘l bilan hal qilishdir.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.