O'zbekiston

Aholi 2025-yilda xorijiy valyutaning 41 foizini onlayn tarzda ayirboshlagan — Markaziy bank

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 8,1 milliard dollarga oshgan.

Aholi 2025-yilda xorijiy valyutaning 41 foizini onlayn tarzda ayirboshlagan — Markaziy bank

2025-yilda O‘zbekistonda aholi va tijorat banklari o‘rtasida jami 33,6 milliard dollar ekvivalentida xorijiy valyuta oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

 

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 8,1 milliard dollarga yoki 32 foizga oshgan.

 

Tahlilga ko‘ra, o‘tgan yili banklar jismoniy shaxslardan 21,6 milliard dollar miqdorida xorijiy valyuta xarid qilgan bo‘lib, bu yil davomida 34 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan. Shu bilan birga, aholiga 12 milliard dollar miqdorida valyuta sotilgan (o‘sish — 27 foiz).

 

Valyuta ayirboshlash operatsiyalarining asosiy qismi an’anaviy shoxobchalar orqali amalga oshirilgan — 19,3 milliard dollar yoki jami hajmning 57 foizi. 

 

Masofaviy xizmatlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar 13,8 milliard dollarni tashkil etib, ulushi 41 foizga yetgan va bu yo‘nalishda 43 foizlik o‘sish qayd etilgan. Qolgan 574 million dollar esa 24/7 rejimda ishlovchi bankomatlar orqali ayirboshlangan.

 

Markaziy bank qayd etishicha, onlayn xizmatlar va tun-u kun faoliyat yurituvchi valyuta bankomatlari orqali operatsiyalar ulushi izchil ortib bormoqda. Bu esa aholining raqamli bank xizmatlaridan foydalanish darajasi kengayayotganini ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, banklar tomonidan jismoniy shaxslardan sotib olingan xorijiy valyuta hajmi ularga sotilgan valyutaga nisbatan 9,7 milliard dollarga ko‘p bo‘lgan. Bu holat ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif shakllanishiga xizmat qilib, valyuta muvozanatini ta’minlashda muhim omil sifatida baholanmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Aholi 2025-yilda xorijiy valyutaning 41 foizini onlayn tarzda ayirboshlagan — Markaziy bank | Zamon.uz