O'zbekiston

Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi

Ushbu mablag‘ Surxondaryo viloyatidagi avtomagistralini rekonstruksiya qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishga sarflanadi.

Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi

O‘zbekistonda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohadagi islohotlarni davom ettirish maqsadida Jahon bankining 200 mln dollarlik loyihasi tasdiqlandi. 

 

Loyiha Surxondaryo viloyatidagi M41 hududiy avtomagistralini rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi va bu yerda biznesni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyiha orqali davlat organlari transport sektorini isloh qilishda qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning transport sektori umumiy ichki mahsulotning qariyb 8% ni ta’minlaydi va taxminan 1 million kishi mazkur sohada ishlaydi.

 

“Sektor so‘nggi o‘n yilda sezilarli rivojlanishni ko‘rsatdi. mamlakat 2014-yilda Jahon banki Logistika samaradorligi indeksida 129-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 88-o‘ringa ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich tovarlarning ichki va tashqi harakatlanish samaradorligi va ishonchliligini aks ettiradi. Biroq, avtomobil parkining tez o‘sishi yo‘l infratuzilmasining rivojlanishidan ancha oldin kelmoqda va transport tarmog‘iga bosimni kuchaytirmoqda”, deyiladi xabarda

 

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga qadar yo‘llar quvvati 500% ga oshirilishi kerak bo‘ladi.

 

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Nadji Benxasin: “Samarali va xavfsiz avtomobil va temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish aholiga ish o‘rinlari va xizmatlarga kirish imkonini ta’minlash, ichki va xalqaro savdoni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning raqobatbardoshligini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega. Yangi Jahon banki moliyalashtirgan loyiha doirasida biz transport infratuzilmasi va xizmatlar sifati hamda sektor islohotlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deya ta’kidladi.

 

Mazkur loyihaning asosiy yo‘nalishlari:

 

M41 hududiy avtomagistralini rekonstruksiya qilish: 91 km uzunlikdagi yo‘l Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan bog‘lanadi. Mavjud ikki polosali yo‘l to‘rt polosali yo‘lga kengaytiriladi. Rekonstruksiyadan so‘ng yo‘ldan kundalik taxminan 35 ming haydovchi va yo‘lovchi foydalanadi. 550 ming atrofida aholi biznes va yangi ish o‘rinlari imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 180 ga yaqin ko‘prik va suv oqimi infratuzilmasi quriladi va rekonstruksiya qilinadi, yo‘l harakat xavfsizligi va yo‘lovchilarning ishonchliligi oshiriladi.

 

Multimodal transport strategiyasini ishlab chiqish: Multimodal tashishlarni rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya davlat organlari salohiyatini kuchaytirish va turli transport turlari o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlashga yordam beradi. Strategiya, shuningdek, logistika va iqlim xavflariga chidamli, ekologik samarali qarorlarni qo‘llashni nazarda tutadi.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” faoliyatini takomillashtirish: Korporativ boshqaruvni mustahkamlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish, yo‘lovchi tashishni rejalashtirish va ESG standartlarini joriy etish orqali temir yo‘l kompaniyasi samaradorligi va xususiy investitsiyalar jalb qilish imkoniyati oshiriladi.

 

Jahon bankining xabariga ko‘ra, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar transport, savdo, turizm va boshqa iqtisodiy sektorlarda qo‘shimcha va sifatli ish o‘rinlari yaratishga, yo‘lovchi va tranzit yuk tashish hajmini oshirishga hamda O‘zbekistonning mintaqaviy tranzit salohiyatidan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi | Zamon.uz