Jahon

Kim Chen In Janubiy Koreyani rasman dushman davlat deb e’lon qildi

Seul bilan har qanday siyosiy yoki diplomatik hamkorlik qat’iyan man etiladi.

Kim Chen In Janubiy Koreyani rasman dushman davlat deb e’lon qildi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Shimoliy Koreyaning 15-chaqiriq Oliy Xalq Assambleyasi birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida Janubiy Koreyani rasman dushman davlat sifatida e’lon qildi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.

 

Uning ta’kidlashicha, Pxenyan Seulni “eng dushman davlat” sifatida ko‘radi va unga nisbatan har qanday siyosiy yoki diplomatik hamkorlikni qat’iyan rad etadi.

 

“Biz, ayniqsa, Janubiy Koreyani eng dushman davlat sifatida ko‘rib chiqamiz va uni eng aniq so‘zlar hamda amaliy harakatlar bilan qat’iyan rad etamiz va e’tiborsiz qoldiramiz”, — dedi Kim Chen In.

 

Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, agar Janubiy Koreya tomonidan Pxenyanga qarshi har qanday tajovuz sodir etilsa, bunga keskin va shafqatsiz javob berilishini ta’kidladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Koreya yarimorolida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar amalda yakunlangan va Pxenyan bundan buyon Seul bilan aloqalarni tiklashni ko‘rib chiqmaydi. Kim Chen In ikki davlat alohida siyosiy tizimga ega mustaqil davlatlar sifatida qaralishini ham qayd etdi.

 

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Seul bilan barcha aloqalarni to‘liq rad etishini bildirgan edi. Uning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “orqaga qaytmas nuqta”dan o‘tib ketgan.

 

Ayni paytda Janubiy Koreya rahbariyati Shimoliy Koreya bilan keskinlikni kamaytirish va muloqotni qayta tiklash tarafdori ekanini bildirgan. Biroq Pxenyan Seulning bunday tashabbuslariga keskin tanqid bilan javob bergan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kim Chen In Janubiy Koreyani rasman dushman davlat deb e’lon qildi | Zamon.uz