Jahon

Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Hodisa oqibatida 66 kishi vafot etdi, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan.

Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Dushanba kuni Kolumbiyada harbiy samolyot parvozga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchrab, 66 kishi vafot etdi. Bu haqda rasmiylarga tayanib Reuters xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, qutqaruvchilar o‘nlab omon qolganlarni yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazib, hali ham bedarak yo‘qolgan to‘rt kishini qidirmoqda.

 

Kolumbiya Qurolli kuchlari rahbari Hyugo Alexandro Lopezga ko‘ra, Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqarilgan Hercules C-130 transport samolyotida jami 128 kishi bo‘lgan. Ularning 11 nafari Harbiy-havo kuchlari a’zolari, 115 nafari quruqlik qo‘shinlari harbiylari va ikki nafari milliy politsiya xodimlari bo‘lgan. 

 

Qurbonlar soni dastlab e’lon qilingan ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar ko‘p bo‘ldi. Ayni paytda voqea joyida qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

Kolumbiya mudofaa vaziri Pedro Sanchezning ma’lum qilishicha, hodisa samolyot Puerto Leguizamo shahridan, Peru bilan chegarada joylashgan hududdan parvozga ko‘tarilayotgan paytda yuz bergan.

 

Yong‘in xavfsizligi xodimi Eduardo San Xuan Kallexas samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagining oxiriga yaqin joyda zarbaga uchraganini, so‘ng qulayotganda uning qanotlaridan biri daraxtga urilganini bildirgan. Halokat natijasida samolyot yonib ketgan hamda bortdagi ayrim portlovchi qurilmalar portlagan.

 

Voqea joyidan uzoqroqda joylashgan hudud aholisi birinchi bo‘lib voqea joyiga yetib kelib, tirik qolganlarni qutqarib chiqargan. Videolarda erkaklar yarador askarlarni mototsikllar ortiga ortib, tuproq yo‘llar bo‘ylab tezda olib ketayotgani aks etgan.

 

Keyinchalik harbiy texnika yetib kelgan. Lekin halokat joyiga yetib borish qiyinligi qutqaruv ishlarini sekinlashtirgan. Lopezning aytishicha, omon qolganlarning 57 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 30 nafari harbiy klinikada davolanmoqda.

 

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro o‘z lavozimi yakunlanish arafasida harbiy tizimni modernizatsiya qilish rejalari byurokratik to‘siqlar sabab kechikayotganini tanqid qildi.

 

“Endi kechikishlarga yo‘l qo‘ymayman. Gap yoshlarimiz hayoti haqida ketmoqda. Agar fuqarolik yoki harbiy ma’muriy xodimlar bu vazifani bajara olmasa, ular lavozimidan olinadi”, — dedi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Lockheed Martin vakili kompaniya hodisa yuzasidan olib borilayotgan tergovda Kolumbiyaga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi | Zamon.uz