O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin suhbatlashdi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin suhbatlashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, telefon suhbatida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

 

“Savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal rivojlanayotgani qayd etildi: o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga oshib, 13 milliard dollarga yetgan, joriy yil boshidan esa yana 32 foizga ko‘paygan. Sanoat, energetika, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Muloqotda O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga alohida e’tibor qaratilgan. Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning faoliyati samarali, deb baholangan.

 

Tomonlar shuningdek, “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining navbatdagi tadbirini joriy yil aprel oyida Toshkentda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat kabi xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashilib, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilingan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"