O'zbekiston

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin pasaydi

24-mart holatiga ko‘ra, bir gramm oltin narxi 1 801 200 so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin pasaydi

Jahon bozorida oltin narxining arzonlashishi fonida O‘zbekistonda ham oltin quymalar qiymati pasaydi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.

 

24-mart holatiga ko‘ra, bir gramm oltin narxi 1 801 200 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 5 grammli oltin quyma narxi 9 million so‘m atrofiga tushgan.

 

Markaziy bank tomonidan belgilangan yangi narxlar quyidagicha:

 

• 5 gramm — 9 mln 6 ming so‘m;

 

• 10 gramm — 18 mln 13 ming so‘m;

 

• 20 gramm — 36 mln 25 ming so‘m;

 

• 50 gramm — 90 mln 63 ming so‘m;

 

• 100 gramm — 180 mln 126 ming so‘m;

 

Shu bilan birga, oltin quymalarni qayta sotib olish narxlari ularning qadog‘i butligi yoki texnik talablarga mosligiga qarab belgilanadi.

 

Ma’lumot uchun, 26-yanvar kuni 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10 million so‘mdan oshgan edi. 29-yanvar kuni esa u ketma-ket sakkizinchi bor rekord o‘rnatib, 10,8 million so‘mdan yuqori ko‘tarilgan. Keyinchalik narxlar pasayishni boshlagan.

 

Jahon bozorida ham oltin arzonlashmoqda. 23-mart kuni COMEX birjasida oltin fyucherslari narxi 2025-yil 9-dekabrdan beri ilk bor bir unsiyasi uchun 4,2 ming dollardan pastladi. 24-mart holatiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 4,3 ming dollar atrofida bo‘lgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin pasaydi | Zamon.uz