O'zbekiston

Prezident Yangi Toshkentda quriladigan musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Majmuada 232 metr balandlikka suv otadigan super favvora va 360 darajali suv ekrani barpo etiladi.

Prezident Yangi Toshkentda quriladigan musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan zamonaviy musiqali favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi.

 

Majmua Yangi Toshkentda qariyb 8 gektar maydonni egallaydi va unda suv, musiqa va yorug‘lik uyg‘unligidagi shoularni o‘tkazish imkoniyatiga ega favvora barpo etiladi. Loyiha doirasida 232 metr balandlikka suv otadigan super favvora, 100 metr diametrli suzuvchi platforma va 360 darajali suv ekranini hosil qiladigan favvora qurilishi ko‘zda tutilgan. Suv havzasi atrofida yashil hududlar, xizmat ko‘rsatish obyektlari va vizual effektlar bilan jihozlangan maskan barpo etiladi.

 

Davlat rahbari loyihaning texnik yechimlari, hududni kompleks obodonlashtirish va tashrif buyuruvchilar uchun savdo-ovqatlanish hamda servis xizmatlarini sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, Mustaqillik bayrami tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilishi ta’kidlandi.

 

Mazkur majmua Yangi Toshkentning diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanishi va shaharning me’moriy qiyofasini boyitishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.