Jahon

Saudiya Arabistoni va BAA Eronga qarshi urushga kirishni muhokama qilmoqda

Hozirda mazkur davlatlar harbiy infratuzilmalardan foydalanishga ruxsat berish va Tehronga iqtisodiy bosim o‘tkazish orqali AQShga yordam bermoqda.

Saudiya Arabistoni va BAA Eronga qarshi urushga kirishni muhokama qilmoqda

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari Eronga qarshi harbiy harakatlarda AQShga yordam ko‘rsatmoqda va o‘z qo‘shinlarini qurolli mojaroga bevosita jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda Point nashri The Wall Street Journal'ga tayanib.

 

Ma’lum qilinishicha, hozircha ikkala davlat harbiy infratuzilmalardan foydalanishga ruxsat berish va Tehronga iqtisodiy bosim o‘tkazish orqali AQShga yordam bermoqda. Shu bilan birga mazkur davlatlar harbiy kuchlarni qo‘llash masalasini ham muhokama qilmoqda. 

 

Shuningde The Wall Street Journal Saudiya Arabistoni AQSh qo‘shinlariga Arabiston yarimoroli g‘arbida joylashgan Shoh Fahd aviabazasidan foydalanishga ruxsat berganini qo‘shimcha qilgan. 

 

Nashr manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining taxt vorisi Muhammad bin Salmon hozir mamlakatning bevosita harbiy harakatlarda ishtirokini ko‘rib chiqmoqda. Boshqa manba esa Saudiya Arabistoni urushga kirishi — “vaqt masalasi” ekanini bildirgan.

 

O‘tgan hafta Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistonining Eron hujumlariga bo‘lgan sabri cheksiz emasligini, agar zarur bo‘lsa mintaqadagi davlatlar Eronga qarshi tura olishini ma’lum qilgan.

 

“BAA hozircha faqat iqtisodiy choralar bilan cheklanmoqda. Masalan, amirliklar Eron aktivlarini milliardlab dollar miqdorida muzlatib qo‘yish bilan tahdid qilgan, shuningdek, Dubaydagi Eron muassasalarini allaqachon yopgan. Hozirda BAAda urushda bevosita ishtirok etish imkoniyati to‘liq inkor etilmayapti”, deyiladi xabarda. 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.