Jahon

Shimoliy Koreyaning yadroviy maqomi o‘zgarmaydi — Kim Chen In

Kim Chen In Janubiy Koreyani birinchi raqamli dushman davlat sifatida e’lon qildi.

Shimoliy Koreyaning yadroviy maqomi o‘zgarmaydi — Kim Chen In

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlarini doimiy ravishda mustahkamlashini va Janubiy Koreyani birinchi raqamli dushman davlat sifatida ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda davlat axborot agentligi KCNA'ga tayanib Reuters xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, parlamentdagi nutqida Kim Pxenyaning yadroviy davlat maqomi “o‘zgarmas” ekanini ta’kidlab, “o‘zini himoya qiluvchi yadroviy tiyib turish kuchini” kengaytirish milliy xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish uchun zarur ekanini bildirdi.

 

U yadroviy qurolsizlanishni iqtisodiy imtiyozlar yoki xavfsizlik kafolatlariga almashtirish g‘oyasini rad etdi. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarni saqlab qolgan holda rivojlanishni davom ettirish to‘g‘ri strategik tanlov ekanini allaqachon isbotlagan.

 

“Suveren davlatlarning sha’ni va huquqlari bir tomonlama kuch va zo‘ravonlik bilan buzilayotgan bugungi dunyo sharoiti davlat mavjudligi va tinchligining haqiqiy kafolati nima ekanini aniq ko‘rsatmoqda”, — dedi Kim Oliy xalq majlisidagi nutqida.

 

Uning ta’kidlashicha, yadroviy qurollar urushning oldini olishga xizmat qilgan va davlatga iqtisodiy o‘sish, qurilish hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga resurs ajratish imkonini bergan.

 

Janubiy koreyalik tahlilchilar Kim Chen Inning gaplarini AQShning Eronga qilgan harbiy hujumlarini bilvosita tanqid qilish deb baholagan. Yang Moo-jinning aytishicha, bu holat Pxenyaning yadroviy qurollarni tashqi aralashuvni to‘xtatish va rejim xavfsizligini ta’minlash vositasi sifatida ko‘rish haqidagi pozitsiyasini yana bir bor mustahkamlagan.

 

Kim, shuningdek, AQSh va uning ittifoqchilarini Koreya yarimoroliga yaqin hududlarda strategik yadroviy vositalarni joylashtirib, mintaqani beqarorlashtirishda aybladi. Shu bilan birga, Shimoliy Koreya endi o‘zini tahdid ostidagi davlat deb hisoblamasligini va zarurat tug‘ilganda boshqalarga ham tahdid solish imkoniyatiga ega ekanini bildirdi.

 

Kim Janubiy Koreya “birinchi raqamli dushman davlat” sifatida tan olinganini ma’lum qilib, agar Seul Shimoliy Koreya suverenitetiga tajovuz qilsa, “kechiktirmasdan qat’iy javob” berilishidan ogohlantirdi.

 

Reuters ga ko‘ra, bu bayonot Pxenyaning so‘nggi yillarda Seulga nisbatan keskin pozitsiya egallaganini yana bir bor ko‘rsatadi. Avvalroq Kim Koreya yarimorolining tinch yo‘l bilan birlashuvi siyosatidan voz kechib, ikki davlatni o‘zaro dushman sifatida qayta belgilagan edi.

 

Lim Eul-chulning ta’kidlashicha, bu ritorika Janubiy Koreyani “qardosh davlat” sifatidagi maqomdan butunlay mahrum etib, uning legitimligini ham inkor etishga qaratilgan.

 

Janubiy Koreya prezidenti qarorgohi — Moviy uy esa Kimning bayonotlarini “tinch hamkorligiga zid” deb baholab, yarimorolda xavfsizlik va farovonlik faqat muloqot va hamkorlik orqali ta’minlanishini ta’kidladi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Shimoliy Koreyaning yadroviy maqomi o‘zgarmaydi — Kim Chen In | Zamon.uz