O'zbekiston

Surxondaryoda chegara qo‘shinlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan soxta “prokuror” qo‘lga olindi

U fuqarodan 1000 dollar talab qilgan va pulni olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Surxondaryoda chegara qo‘shinlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan soxta “prokuror” qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatida o‘zini davlat xizmatchisi sifatida tanishtirib, fuqaroni aldash orqali pul olishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro o‘zini Bosh prokuratura departamenti xodimi sifatida tanishtirib, go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridagi mansabdor shaxslar bilan aloqasi borligini bildirgan. U murojaatchiga shartnoma asosida harbiy xizmatga joylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

 

21-mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. O‘sha paytda u 12,2 million so‘m miqdoridagi pulni qabul qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddas hamda 211-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

 

Tergov jarayonida ushbu shaxs hech qachon biror davlat idorasida, jumladan Bosh prokuratura departamentida ham ishlamaganligi aniqlangan.

 

Bosh prokuratura fuqarolarni o‘zini davlat xizmatchisi sifatida tanishtirib, ishga joylashtirish yoki boshqa xizmatlar uchun pul talab qiladigan shaxslarga ishonmaslikka hamda bunday holatlar yuzaga kelganda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.