O'zbekiston

Toshkentda Milliy dendrologiya bog‘i barpo etiladi

2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlarda kamida 100 gektar maydonda shunday bog‘lar tashkil etiladi.

Toshkentda Milliy dendrologiya bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ustuvor loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda Toshkent shahrida Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etish rejasi taqdim etildi.

 

Loyihaga ko‘ra, poytaxtda 108 gektar maydonda yirik yashil hudud tashkil etiladi. Unda 50 ming tup daraxt ko‘chati va 100 ming tup butalar ekilishi rejalashtirilgan.

 

Yashil hududlar kengaytiriladi

 

Taqdimotda “Yashil makon” dasturi doirasida botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi. Hozirda mamlakatda 3 ta botanika bog‘i mavjud bo‘lib, qo‘shimcha ravishda yana 12 ta botanika va 16 ta dendrologiya bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

 

2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda kamida 100 gektar maydonda shunday bog‘lar tashkil etiladi. Bu orqali 2030-yilgacha mamlakatda yashillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizga oshirish, havodagi PM2.5 va PM10 ko‘rsatkichlarini 20–25 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

 

Milliy dendrologiya bog‘ining imkoniyatlari

 

Toshkentda barpo etiladigan Milliy dendrologiya bog‘i faqat dam olish hududi emas, balki ilmiy va ma’rifiy markaz sifatida ham xizmat qiladi. U yerda:

 

• “Dunyo daraxtlari” hududi;

 

• 6 ta iqlim mintaqasiga xos o‘simliklar kolleksiyasi;

 

• meva va mahalliy daraxtzorlar;

 

• dorivor o‘simliklar bog‘i;

 

• oranjereya va gulzorlar;

 

• piyodalar va velosiped yo‘laklari;

 

• dam olish zonalari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, bog‘ markazida 1 gektarli sun’iy ko‘l barpo etilib, uning atrofida sakura bog‘i yaratiladi.

 

Zamonaviy ekologik texnologiyalar

 

Loyihada quyosh panellari, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan infratuzilma elementlari hamda avtomatlashtirilgan tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Bog‘ Green University uchun tabiiy laboratoriya, aholi uchun esa ekoturizm va ekota’lim markaziga aylanishi kutilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda Milliy dendrologiya bog‘i barpo etiladi | Zamon.uz