O'zbekiston

Yangi Toshkentda FIFA talablariga mos 55 ming o‘rinli zamonaviy stadion qurilmoqda

Qiymati 100 million dollarlik yangi stadionda 2027-yilgi U-20 jahon chempionati o‘yinlari oʻtkaziladi.

Yangi Toshkentda FIFA talablariga mos 55 ming o‘rinli zamonaviy stadion qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan yirik sport inshooti — zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

 

Mazkur sport majmuasiga 2025-yil 11-noyabr kuni davlat rahbari tomonidan tamal toshi qo‘yilgan edi. Hozirda stadion qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

 

Jumladan, hududni tekislash ishlari to‘liq yakunlangan, poydevor quyish jarayonlari esa qariyb 95 foizga bajarilgan. Qurilish maydoniga metall konstruksiyalar bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.

 

So‘nggi yillarda mamlakatda futbol infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalliy chempionatlar tizimi isloh qilinib, bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil etildi. Hozirda hududlarda 75 ta katta va 302 ta mini stadion faoliyat yuritmoqda.

 

2017-yilda mamlakatda FIFA hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga javob beradigan stadionlar soni atigi 3 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 10 tadan oshdi. Bundan tashqari, 1,5 mingdan ortiq maktab stadionlari ta’mirlanib, 1 milliondan ziyod o‘quvchi va mahalla yoshlari sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Ushbu sa’y-harakatlar natijasida mamlakat futbolida sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk bor Parij Olimpiadasi 2024 musobaqalarida ishtirok etdi. Shuningdek, milliy terma jamoa tarixda ilk bor joriy yilda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

2024-yil 2-oktabr kuni FIFA Kengashi yig‘ilishida 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi 2027-yilgi jahon chempionatini Oʻzbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

 

Aynan shu musobaqa talablariga mos ravishda barpo etilayotgan Yangi Toshkent stadioni mamlakat futboli uchun muhim loyiha hisoblanadi. Qiymati qariyb 100 million dollar bo‘lgan ushbu inshoot Osiyodagi eng zamonaviy futbol majmualaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

 

55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion 6 qavatdan iborat bo‘ladi. Unda sportchilar, muxlislar va matbuot vakillari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Tomoshabinlar uchun tezkor kirish-chiqishni ta’minlash maqsadida o‘ndan ortiq eskalator o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

 

Majmua hududida yana 3 ta qo‘shimcha mashg‘ulot maydoni quriladi. Stadion yaqinida metro bekati hamda 5 ming 500 o‘rinli avtoturargoh barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbari bunday katta sig‘imli yopiq stadion mamlakatda ilk bor barpo etilayotganini ta’kidlab, qurilishda har bir jihatga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, stadion atrofini obodonlashtirish ishlari oldindan rejalashtirilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.