Jahon

Yaqin Sharqdagi 23 kunlik mojaro davomida 2100 dan ortiq bola halok bo‘ldi yoki jarohat oldi — BMT

Pentagonning ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Erondagi 9000 nishonga zarba bergan.

Yaqin Sharqdagi 23 kunlik mojaro davomida 2100 dan ortiq bola halok bo‘ldi yoki jarohat oldi — BMT

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Ted Chaybanning ma’lum qilishicha, Yaqin Sharqda 23 kundan beri davom etayotgan mojaro natijasida kamida 2100 bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Shu davr mobaynida Eronda 206, Livanda 118 bola vafot etgan, Isroilda to‘rtta va Quvaytda esa bitta bola halok bo‘lgan.

 

Chaybanning ta’kidlashicha, urush boshlanganidan beri har kuni o‘rtacha 87 bola jarohat olgan yoki o‘ldirilgan. “Mintaqadagi bolalar mojaroning dahshatli ta’sirini boshdan kechirmoqda. Agar janglar davom etsa, qurbonlar va yaradorlar soni ortishi mumkin”, dedi u.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jangovar harakatlar natijasida bolalar farovonligi uchun muhim bo‘lgan uylar, maktablar, kasalxonalar va boshqa infratuzilma vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlangan.

 

Pentagon tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Erondagi 9000 ta nishonga zarba bergan va Eronning 140 ta kemasiga zarar yetkazgan yoki ularni vayron qilganini da’vo qilmoqda. Avvalroq, Donald Tramp 9-aprelni Eronga qarshi harbiy operatsiyaning tugash sanasi sifatida belgilashni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

 

Shu bilan birga, Benyamin Netanyaxu bilvosita Eron bilan kelishuvni tasdiqladi, ammo Isroil bir kun oldin Tehron va Urmiyadagi hududlarni bombardimon qilgan. Zarba turar-joy hududlariga tushgan, Eron harbiylari esa o‘z suverenitetini himoya qilish choralarini ko‘rmoqda.

 

Joriy mojaro 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Erondagi nishonlarga zarba berish bilan boshlangan. Eron esa bunga javoban Isroil hududi va Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga javob zarbalarini berdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaqin Sharqdagi 23 kunlik mojaro davomida 2100 dan ortiq bola halok bo‘ldi yoki jarohat oldi — BMT | Zamon.uz