O'zbekiston

2030 yilgacha havo ifloslanishi keskin kamaytiriladi

“Toza havo” loyihasi doirasida atmosferani muhofaza qilish bo‘yicha choralar kuchaytirilmoqda.

2030 yilgacha havo ifloslanishi keskin kamaytiriladi

O‘zbekistonda “Toza havo” umumxalq loyihasi doirasida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda poytaxt hamda Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq va Termiz shaharlarida havo ifloslanish darajasining belgilangan me’yorlardan oshishiga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Ular orasida sanoatning jadal rivojlanishi, uglerod yoqilg‘ilaridan keng foydalanish, transport vositalari sonining ortishi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi qayd etilgan.

 

Shu munosabat bilan 2030 yilga qadar atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini qisqartirish, sanoat korxonalarida zararli tashlamalarni ushlab qolish darajasini oshirish, transportdan chiqadigan chiqindilarni kamaytirish hamda PM2,5 ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yor oshgan kunlar sonini qisqartirish muhim vazifalar sifatida belgilangan.

 

Loyiha doirasida, ayniqsa, energetika va sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, qurilish sohasida ham ekologik talablar kuchaytirilmoqda.

 

Endilikda yirik qurilish obyektlarini loyihalashtirishda ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish, qurilish materiallarini yopiq sharoitda saqlash, chiqindilarni maxsus quvurlar va konteynerlar orqali olib chiqish, hududlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash hamda onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish kabi majburiy talablar joriy etilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur chora-tadbirlar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki atmosfera havosi tozaligini yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda shahar infratuzilmasining uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2030 yilgacha havo ifloslanishi keskin kamaytiriladi | Zamon.uz