Jahon

AQSh Eronga Yaqin Sharqdagi urushni tugatish bo‘yicha 15 banddan iborat reja yubordi

Tehron AQShning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jarеd Kushner bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi, ularni “ortdan pichoq urganlikda” aybladi.

AQSh Eronga Yaqin Sharqdagi urushni tugatish bo‘yicha 15 banddan iborat reja yubordi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga Yaqin Sharqdagi urushni tugatish uchun 15 bandli reja yuborgan. Bu haqda The New York Times manbalarga tayanib xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, reja Tramp ma’muriyatining urushdan chiqish yo‘lini topishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi, chunki urushning iqtisodiy oqibatlari sezilmoqda.

 

Rasmiylar reja Pokiston orqali yetkazilganini va Pokiston Bosh shtab raisi Munir AQSh va Eron o‘rtasida asosiy vositachi sifatida faoliyat yuritayotganini bildirgan. 

 

Nashrga ko‘ra, Misr va Turkiya Eronni konstruktiv munosabatga chaqirgan. Munirning Eronning Islom inqilobi qo‘riqlari korpusi bilan yaqin aloqalari mavjud bo‘lib, u taraflar o‘rtasida xabarlarni yetkazishda vositachi vazifasini bajaradi.

 

Rejaning mazmuni Eronning ballistik raketa va yadroviy dasturlarini nazarda tutadi. Isroil va AQSh 28-fevraldan boshlangan bombardimon kampaniyasi davomida Eronning raketalari, ularni uchirish qurilmalari va ishlab chiqarish inshootlari hamda yadroviy dasturini nishonga olgan. Amerika va Isroil rahbarlari Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan.

 

Reja dengiz yo‘llarini ham qamrab oladi. Chunki urush boshidan beri Eron deyarli barcha G‘arb kemalarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan xavfsiz o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu strategik suv yo‘li orqali Jahon bozoriga neft va tabiiy gaz yetkazib berish qisqargan va narxlar oshgan.

 

Biroq The Telgraph'ning manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron tomoni fevral oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Tehron nishonga olingani sababli Uitkoff va Kushner bilan yuzma-yuz muzokara o‘tkazishni istamayapti.

 

Shuningdek, agar haftaning oxirida Pokistonda yangi muzokaralar boshlansa, bosh muzokarachisi sifatida AQSh vitse- prezidenti Jey Di Vens ko‘rilmoqda.

 

Manbalarning bildirishicha, Eron ham Vense bilan ishlashni afzal ko‘rmoqda, chunki u va’dasiga sodiq qoladi deb hisoblanmoqda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.