O'zbekiston

Buxoroda “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika tanloviga start berildi

“O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida tashkil etilgan ekologik tadbir “Yosh ekologlar bog’i” ning barpo etilishi bilan boshlandi.

Buxoroda “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika tanloviga start berildi

O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi ijrosi doirasida yurtimizda qator muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda yoshlarni Konstitutsiya va qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi har yili yanvar–mart oylarida tashkil etib kelinmoqda.

 

2026-yilgi tanlovning respublika bosqichi Buxoro shahrida o‘tkazilayotgani bejiz emas. Chunki o‘tgan yilgi musobaqada aynan Buxoro viloyati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. An’anaga ko‘ra, keyingi bosqich mezbonligi g‘olib hududga topshiriladi.

 

Mazkur tanlov nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi keng qamrovli tadbir sifatida tashkil etildi. Unda maktab o‘quvchilari hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari faol ishtirok etmoqda. Har bir viloyatdan saralangan jamoalar o‘z hududida g‘olib bo‘lgan texnikum o‘quvchilaridan iborat bo‘lib, har bir jamoa 8 nafar ishtirokchi va murabbiy bilan qatnashmoqda.

 

Tanlov to‘rt asosiy shart asosida o‘tkaziladi:

• jamoaning hududiy tanishtiruvi (vizit kartochkasi),

• ekologiyaga oid savol-javoblar,

• sahna ko‘rinishlari,

• ekologik loyihalar taqdimoti.

 

Ayniqsa, sahna ko‘rinishlari va loyihalar orqali yoshlar chiqindilar muammosi, iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb ekologik masalalarga o‘z yondashuvlarini namoyon etmoqda.

 

Tadbir doirasida yana bir muhim tashabbus – daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi. Buxoro shahridagi ilgari qarovsiz bo‘lgan hududda “Yosh ekologlar bog‘i” barpo etildi. Ushbu bog‘da pavlovniya, archa, yapon saforasi hamda klyon kabi iqlimga mos ko‘chatlar ekildi.

 

Mazkur tashabbus Buxoro viloyatining cho‘llanishga moyil hudud ekanligini inobatga olib, yashillik darajasini oshirish, aholiga qulay ekologik muhit yaratish hamda kelajak avlod uchun obod maskan barpo etishga qaratilgan. Rejalarga ko‘ra, hudud tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanadi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ekilgan daraxtlar to‘liq o‘sib, hududning yashil maskanga aylanishi uchun kamida 2–3 yil vaqt talab etiladi. Shundan so‘ng mazkur hudud aholi uchun sayr qilish va hordiq chiqarish maskaniga aylanishi kutilmoqda.

 

Ushbu tadbirlar yoshlarning ekologik ongini oshirish, ularni atrof-muhitga mas’uliyat bilan qarashga undash hamda “Yashil makon” g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.