O'zbekiston

Endilikda O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

Bugungi kunga qadar yettita viloyatdagi 272 ta masjidda aholini favqulodda vaziyatlardan ogohlanitirish uchun maxsusu uskunalar o‘rnatilgan.

Endilikda O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) bilan hamkorlikda O‘zbekiston aholisini tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda tezkor ogohlantirish imkonini beruvchi innovatsion texnik yechimni joriy etdi.

 

Loyiha doirasida aholi punktlariga yaqin joylashgan masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatildi. Endilikda FVVning favqulodda xabarlari masjidlarning tashqi ovoz kuchaytirgichlari orqali tarqatiladi va axborot tezkor ravishda keng jamoatchilikka yetkaziladi. 

 

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 272 ta masjidda ushbu uskunalar o‘rnatilgan.

 

Masjidlar mahalliy aholi orasida nufuzli ijtimoiy institut sifatida e’tiborga molik va deyarli barcha aholi punktlarida joylashgan bo‘lib, binodagi yuqori quvvatli tashqi ovoz kuchaytirgichlar yordamida ogohlantirish 500 metrdan 2 kilometrgacha eshitilish radiusini ta’minlaydi. 

 

Loyiha hisob-kitoblariga ko‘ra, bu orqali taxminan 6,5 million nafar aholi, jumladan ayollar, erkaklar, bolalar va zaif qatlamlar qamrab olinadi.

 

Ushbu tizim bilan mobil aloqa yoki elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelganda ham tezkor xabarlarni uzatish mumkin. 

 

Shuningdek, BMTTD va Yashil iqlim jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida aholini ogohlantirish maqsadida mamlakatdagi asosiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab va gavjum joylarda 28 ta tashqi keng formatli ekran ham o‘rnatildi.

 

BMTTD, FVV va O‘zgidrometning “O‘zbekiston aholisining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishga qaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” nomli qo‘shma loyihasi Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

 Loyiha ayniqsa suv toshqinlari, sellar, ko‘chkilar, qor ko‘chkilari va gidrologik qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlar xavfi yuqori bo‘lgan tog‘li hududlarda aholini erta ogohlantirish tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirishga qaratilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endilikda O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi | Zamon.uz