Jahon

Eron AQShning muzokaralar takliflarini hiyla deb baholamoqda

AQSh va vositachi davlatlar Eron bilan ehtimoliy muzokaralarni Pokiston poytaxti Islomobodda o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Eron AQShning muzokaralar takliflarini hiyla deb baholamoqda

 

Eron rasmiylari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan tinchlik muzokaralari takliflarini samimiy emas, balki siyosiy hiyla sifatida baholamoqda. Bu haqda Axios nashri muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Eron rasmiylari Pokiston, Misr va Turkiyaga — Qo‘shma Shtatlar bilan ehtimoliy muzokaralarda vositachilik qilayotgan davlatlarga — Vashingtonning takliflariga ishonch yo‘qligini bildirgan. Tehron vakillari Tramp ma’muriyati ilgari ham ikki marotaba ularni “aldaganini” ta’kidlab, yana shunday holat takrorlanishidan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilgan.

 

Eron tomonining fikricha, mintaqada AQSh harbiy kuchlarining ko‘paytirilishi hamda Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kontingent yuborish haqidagi qarorlar muzokaralar takliflarining samimiyligiga shubha uyg‘otmoqda. Shu sababli Tehron Vashingtonning diplomatik tashabbuslarini ehtiyotkorlik bilan baholamoqda.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va vositachi davlatlar Eron bilan ehtimoliy muzokaralarni 26-mart kuni Pokiston poytaxti Islamabad shahrida o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Biroq hozircha bu borada Tehrondan yakuniy javob olinmagan.

 

Axios qayd etishicha, avvalgi muzokaralar jarayonida ham AQSh yetakchilari diplomatik kelishuvga erishish istagini bildirgan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida harbiy bosim siyosatini ham davom ettirgan. Masalan, o‘tgan yil iyun oyida Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan zarbalar yadroviy muzokaralarning navbatdagi bosqichi boshlanishidan bir necha kun avval sodir bo‘lgan.

 

Shuningdek, fevral oyi oxirida Eron va AQSh Jeneva shahrida muzokaralarni davom ettirishga kelishgan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay AQSh va Isroilning Eron hududidagi nishonlarga hujumlari qayd etilgan.

 

Oq uy vakillari esa Vashington muzokaralarga jiddiy yondashayotganini ta’kidlab, ehtimoliy uchrashuvda AQSh vitse-prezidenti J. D. Vens ishtirok etishi mumkinligini bildirgan. Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti maxsus vakili Steve Witkoff eronliklar tomonidan nisbatan murosali siyosatchi sifatida qabul qilinadigan shaxs sifatida Vens nomzodini ilgari surgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron AQShning muzokaralar takliflarini hiyla deb baholamoqda | Zamon.uz