Jahon

G‘azoda 18 oylik bola Isroil harbiylari tomonidan qiynoqqa solindi

Tibbiy tekshiruvlar bolaning oyog‘iga sigaret bosilganini va metall buyum bilan jarohat yetkazilganini ko‘rsatgan.

G‘azoda 18 oylik bola Isroil harbiylari tomonidan qiynoqqa solindi

G‘azoda 18 oylik falastinlik bola otasining hibsga olinishi vaqtida Isroil kuchlari tomonidan qiynoqqa solingan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. 

 

Tibbiy tekshiruvlar bolaning oyog‘iga sigaret bosilgani va metall buyum bilan jarohat yetkazilgani haqida ma’lumot berdi.

 

Xabarlarga ko‘ra, Isroil askarlari Usama Abu Nassar ismli erkakni hibsga olgan va so‘roq jarayonida uning farzandini ko‘z o‘ngida qiynoqqa solgan. Bolaning onasi harbiylar Karim ismli o‘g‘lining oyog‘iga sigaret bosib o‘chirgani va metall buyum sanchganini bildirgan.

 

Bola taxminan 10 soatdan so‘ng ozod etilib, Qizil Xoch jamiyati orqali Mag‘ozi hududida oilasiga topshirilgan. Bolaning otasi hibsda qolmoqda.

 

Isroil harbiylari ayblovlarni rad etib, voqea 19 mart kuni “Sariq chiziq” hududida sodir bo‘lganini bildirgan. Ularning ta’kidlashicha, uch yoshli bolaning otasi bo‘lgan shaxs harbiylar ogohlantirishiga qaramay harakat qilgan va ular yo‘l chetiga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

 

Harbiylar bayonotida, bolaning jarohat olishi ehtimol otishma oqibatida sachragan parchalar bilan bog‘liqligi aytilgan. Shuningdek, bola so‘roq jarayonida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, oziq-ovqat va suv bilan ta’minlangan, so‘ngra Qizil Xoch jamiyati vakillariga topshirilgan.

 

Isroil harbiylari hibsga olingan shaxs o‘zini HAMAS a’zosi sifatida tanishtirib, 7-oktyabr voqealari vaqtida Isroil hududiga kirganini tan olganidan so‘ng hibsga olinganini bildirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.