Jahon

Germaniyadagi yahudiylar mamlakat prezidentining Eron urushi bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi

Ular mazkur urush eronliklarga terror va zulmning tugashiga umid berishini aytgan.

Germaniyadagi yahudiylar mamlakat prezidentining Eron urushi bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi

Germaniyadagi Yahudiylar markaziy kengashi mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni “AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi xalqaro huquqni buzadi va bu siyosiy jihatdan halokatli xato” degan bayonoti uchun tanqid qildi.

 

“Kimki oyatulloh rejimiga qarshi urushni osongina ‘xalqaro huquq buzilishi’ deb atasa, tarixni inkor etadi”, — dedi kengash raisi Yozef Shuster DPA agentligiga bergan intervyusida.

 

Shusterning ta’kidlashicha, 1979-yildan buyon Isroilni yo‘q qilish Eron davlat doktrinasining bir qismi hisoblanadi. Shuster shuningdek, Eronga qarshi urush eronliklar uchun 47 yil davom etgan terror va zulm tugashiga umid berishini aytgan.

 

U qo‘shimcha qilib, Germaniya siyosatchilaridan Eron rejimidan aziyat chekayotganlarga nisbatan hamdardlik izhor qilivchi bayonotlar eshitishni istashini bildirgan.

 

Avvalroq Berlinda Germaniya Tashqi ishlar vazirligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Shtaynmayer Eronga qarshi bo‘yicha harbiy harakatni tanqid qilib, uni “xalqaro huquqqa zid” va “oldini olish mumkin bo‘lgan” deb atagan edi.

 

Shu bilan birga Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Germaniya prezidentini “eronliklarga qarshi huquqbuzarliklarni qoralagani uchun e’tirofga loyiq” deb baholagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.