O'zbekiston

“Islom sivilizatsiyasiga zamonaviy qarashni shakllantiradigan makon”

O‘zbekistonda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro e’tiborni qozondi.

“Islom sivilizatsiyasiga zamonaviy qarashni shakllantiradigan makon”

O‘zbekistonda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro ommaviy axborot vositalari diqqat markaziga aylandi. 

 

Qayd etilishicha, jahonning yetakchi nashrlari — CNN, Forbes, The Wall Street Journal, The Economist, Arab News va China Daily — loyihani “global miqyosdagi megaloyiha” va “Markaziy Osiyoning muhim madaniy markazi”, “Markaziy Osiyo durdonasi” hamda “islom sivilizatsiyasiga zamonaviy qarashni shakllantiradigan makon” sifatida baholamoqda.

 

Markaz haqidagi materiallar 20 dan ortiq davlatda va 7 tilda — ingliz, arab, ispan, xitoy, hind, turk va rus tillarida chop etildi. Ushbu xabarlar xalqaro jurnalistlar va ekspertlar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, loyihaga nisbatan keng auditoriyaning qiziqishini aks ettiradi.

 

Xalqaro nashrlar markazning zamonaviy ilmiy yondashuvlar va texnologiyalar bilan boyitilganligiga e’tibor qaratmoqda. Arab News Markazning ochilishi muqaddas Ramazon oyiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlasa, Khaleej Times uni “noyob va zamonaviy makon” sifatida baholaydi. Forbes esa loyihani O‘zbekistonning iqtisodiy va madaniy rivojlanish strategiyasi doirasida amalga oshirilgani bilan bog‘laydi.

 

The Wall Street Journal va China Daily Markazning boy   asrab-avaylash va xalqaro hamkorlikda madaniy-gumanitar almashinuvga qo‘shgan hissasiga e’tibor qaratmoqda. The Korea Times va Euronews Markazni ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va ko‘rgazma faoliyatini birlashtirgan “zamonaviy tadqiqot va meros xabi” sifatida baholashgan.

 

Shuningdek, Yevropa va Osiyo nashrlari markazning arxitekturasi va barqarorlik standartlari, shuningdek tarixiy va madaniy merosni saqlashdagi o‘rnini qayd etmoqda. Caliber.az esa uni “Ginnes rekordlar kitobiga nomzod” sifatida ko‘rsatgan.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat muzey sifatida, balki mamlakatning madaniy va tarixi merosini keng auditoriyaga taqdim etuvchi makon sifatida ham ahamiyatli ekanligi ta’kidlanmoqda. Markaz nafaqat turistik diqqatni jalb qilishda, balki madaniy va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.