Jahon

Istanbulda giyohvand moddalar ishi bo‘yicha 14 nafar taniqli shaxs hibsga olindi

Hibsga olish uchun buyruq berilgan shaxslar orasida Hakan Sabanji, Hande Erchel, Guzide Aksoy kabi mashurlar bor.

Istanbulda giyohvand moddalar ishi bo‘yicha 14 nafar taniqli shaxs hibsga olindi

Istanbulda taniqli shaxslarga qaratilgan giyohvand moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida 14 nafar gumondor qo‘lga olindi. Bu haqda rasmiy manbalarga tayanib TRT Haber ma’lum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida biznesmenlar Fikret Orman va Burak Elmas ham bor.

 

Istanbul Bosh prokuraturasi bayonotida aytilishicha, jamiyatning umumiy axloqi, ijtimoiy tuzilmasi va oila tartibini saqlash maqsadida ushbu shaxslar ustidan surishtiruv boshlangan.

 

Olib borilgan ishlar va to‘plangan dalillar tahlil qilganida, iste’mol qilish maqsadida narkotik modda saqlagan yoki ularning tarqalishiga hissa qo‘shgan 16 nafar gumondor bo‘yicha hibsga olish orderi berilgan.

 

Surishtiruv doirasida Istanbul Narkotik jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari gumonlanuvchilarni qo‘lga olish maqsadida 16 ta manzilda bir vaqtda amaliyot o‘tkazgan. Natijada 14 kishi hibsga olingan, 2 kishi qidiruvga berilgan.

 

Shuningdek, surishtiruv doirasida hibsga olish uchun order berilgan shaxslar quyidagilar:

 

Fikret Orman, Guzide Aksoy (Guzide Duran), Hakan Sabanji, Karim Sabanji, Hande Erchel, Burak Elmas, Sezgin Koysuren, Ferhat Aydin, Lutfiye Tug‘che O‘zbudak, Koray Serenli, Onur Bukchu, Ismail Behram Perinchekli, Kaan Mellart, Didem Soydan, Onur Talay, Mustafo Tari.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.