Jahon

Italiyalik milliarder Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi fonida katta boylik orttirdi

Ekspertlar milliarderning strategiyasini bozorni egallab olish va narxlarni oshirishga urinish sifatida baholamoqda.

Italiyalik milliarder Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi fonida katta boylik orttirdi

Italiyalik milliarder Janluiji Aponte, boyligi 44,5 milliard dollarga baholanadigan MSC konteyner tashish kompaniyasi hammuassisi, vositachi kompaniyalar orqali o‘nlab supertankerlarni sotib olib, yirik flot shakllantirgani ma’lum bo‘ldi.

 

Forbes nashri xabariga ko‘ra, neft narxlarining ko‘tarilishi va Hormuz bo‘g‘ozining blokadasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Aponte yuk tashish bozorini monopollashtirishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, Aponte Janubiy Koreyaning Sinokor Merchant Marine kompaniyasi orqali amalga oshirilgan bitimlar ortida turadi. Ushbu kompaniya dekabr oyidan boshlab xom neft tashish uchun mo‘ljallangan juda katta tankerlar (VLCC)ni faol ravishda sotib olishni boshlagan. Mart oyiga kelib kamida 60 ta kema 3,3 milliard dollarga xarid qilingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xarid qilingan 31 ta tanker Haut Brion nomi ostidagi kompaniyalarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 11 tasiga milliarderning amakivachchasi Mario Aponte rahbarlik qiladi. Yana 20 ta tanker Liberiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ularning egalari yashirilgan.

 

Agar ushbu aktivlar MSC bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, Aponte dekabrdan buyon sotib olingan kemalarning yarmidan ko‘pini nazorat qilayotgani aniq bo‘ladi.

 

Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Eron mojarosi va Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq vaziyat sabab yuk tashish stavkalari rekord darajaga yetgan. Shu fonda Sinokor va MSC umumiy qiymati 6,7 milliard dollarga teng kamida 76 ta supertankerni nazorat qilmoqda.

 

Okeanis Eco Tankers ma’lumotlariga ko‘ra, ular global tanker flotining 17 foizigacha, spot bozordagi flotning esa 39 foizigacha qismini nazorat qilmoqda.

 

Forbes nashriga bergan intervyusida ekspertlar milliarderning strategiyasini bozorni egallab olish va bozor narxlarini oshirishga urinish sifatida baholadilar.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Italiyalik milliarder Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi fonida katta boylik orttirdi | Zamon.uz