O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘idagi ishlar bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

“O‘zbekneftgaz” tizimida yangi quduqlar ishga tushirilgani, mavjudlarini ta’mirlash va texnologik tadbirlar amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘idagi ishlar bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

 

Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan axborot berildi.

 

“O‘zbekneftgaz” tizimida tabiiy gaz qazib chiqarish dinamikasi, mavjud pasayish omillari va ularni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot taqdim etildi. Joriy yilning birinchi choragida yangi quduqlar ishga tushirilib, mavjudlarini ta’mirlash va texnologik tadbirlar amalga oshirilgani qayd etildi. Yil davomida bu ishlar yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan.

 

Quduqlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda yangi 2D va 3D seysmik tadqiqotlar uchun istiqbolli maydonlar aniqlanmoqda. Burg‘ilash va dala ishlari ustidan xalqaro standartlar asosida nazoratni kuchaytirish, geologik-gidrodinamik modellashtirish va qazib chiqarish dasturlarini puxta shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

 

Shuningdek, konlarda gaz qazib olish koeffitsientini oshirish, qiyin o‘zlashtiriladigan zaxiralarga yangi yondashuvlarni tatbiq etish, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan dasturlarning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari muhokama qilindi. Bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

 

Davlat rahbari tarmoqda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlarini tizimli tashkil etish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan amaliy natija beradigan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

 

Mutasaddilarga belgilangan rejalar ijrosini qattiq nazoratga olish va har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijadorlikni ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘idagi ishlar bo‘yicha hisobot bilan tanishdi | Zamon.uz