Jahon

Rossiya Ukrainaga 24 soat ichida rekord darajadagi dron hujumi uyushtirdi

Avvalgi hujumlarda Rossiya Ukrainaga 392 ta dron va 34 ta raketa yo‘llagan, natijada besh kishi halok bo‘lgan.

Rossiya Ukrainaga 24 soat ichida rekord darajadagi dron hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan buyon eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirib, 24 soat ichida mamlakat bo‘ylab jami 948 ta dron uchirdi. Bu haqda BBC Ukraina Harbiy-havo kuchlariga tayanib xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, seshanba kuni ertalabdan boshlab 556 ta dron uchirilgan bo‘lib, kunduzgi keng ko‘lamli hujum kam uchraydigan holat hisoblanadi. Hujumlar oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, o‘nlab fuqarolar jarohatlangan.

 

G‘arbiy Lvov shahrida joylashgan, YuNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgan XVI asrga oid Bernardin monastiri zarar ko‘rdi. Hududiy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, aynan shu hududda yuz bergan hujum oqibatida 32 kishi jarohatlangan.

 

Qo‘shni Ivano-Frankivsk  hududida tug‘ruqxona zarbaga uchragan. Viloyat markazida ikki kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi, jumladan bir bola jarohatlangan.

 

Ternopil shahrida ham bir nechta to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbalar qayd etilgan, biroq qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Markaziy Vinnytsia shahrida esa bir kishi halok bo‘lib, 13 kishi jarohat olgan.

 

Bundan avvalgi tungi hujumlarda Rossiya Ukrainaga 392 ta dron va 34 ta raketa yo‘llagan, natijada besh kishi halok bo‘lgan.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida hujumlar ko‘lami “Rossiya urushni tugatish niyatida emasligini ko‘rsatmoqda”, deya ta’kidladi.

 

Ukraina Harbiy-havo kuchlari zarbalarning katta qismi qaytarilganini bildirgan bo‘lsa-da, mamlakatning turli hududlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbalar qayd etilgan.

 

Shu kuni Rossiyaning Kursk region viloyatida ham Ukraina dron hujumi sodir bo‘lib, bir kishi halok bo‘lgani va 13 kishi jarohatlangani ma’lum qilindi.

 

2022-yil fevralidan beri davom etayotgan urush fonida jangovar harakatlar davom etmoqda. AQSH vositachiligida olib borilgan tinchlik muzokaralari esa so‘nggi geosiyosiy keskinliklar sabab to‘xtab qolgan.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya Ukrainaga 24 soat ichida rekord darajadagi dron hujumi uyushtirdi | Zamon.uz