O'zbekiston

Toshkent viloyatida bir oiladan uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Uyda 79 yoshli ayol, uning 37 yoshli nevarasi va 17 yoshli bola bo‘lgan.

Toshkent viloyatida bir oiladan uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra,  uyda 79 yoshli ayol, uning 37 yoshli nevarasi va 17 yoshli bola bo‘lgan.  O‘rta Chirchiq tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining ma’lumotnomasiga asosan, ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. 

 

Guvohlar ular ushbu mahallaga yaqinda, taxminan, uch kun avval ko‘chib kelgani bildirgan. Voqeadan xabar topgan qo‘shnilar darhol yordamga shoshgan . Mahalla faollari bu hududda ilgari bunday holat kuzatilmaganini ta’kidlagan.

 

 Voqea sodir bo‘lgan xonadon va uning texnik holati tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida bir oiladan uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi | Zamon.uz