O'zbekiston

Toshkent viloyatida chiqindi xizmatlari tariflari 1-apreldan oshiriladi

Qarorda bir nafar fuqaro uchun oyiga chiqindi to‘lovi 10 864 so‘m etib belgilanishi taklif etilgan.

Toshkent viloyatida chiqindi xizmatlari tariflari 1-apreldan oshiriladi

Toshkent viloyatida 2026-yil 1-apreldan maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov tariflari oshiriladi. Tegishli qaror Xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, hozirda bir nafar fuqaro uchun oyiga 7 840 so‘m (QQS bilan) bo‘lgan chiqindi to‘lovi 10 864 so‘m etib belgilanishi taklif etilgan. Yuridik shaxslar uchun esa tarif 82 880 so‘mdan 97 316 so‘mga oshiriladi.

 

Shuningdek, 1 tonna qattiq maishiy chiqindini olib chiqish va uni qayta yuklash stansiyasi yoki poligonlarga yetkazib berish uchun sanitariya-tozalash korxonalariga to‘lanadigan haq 482 842,08 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi. 1 kub metr chiqindi uchun esa ushbu xizmat narxi 215 250,56 so‘m (QQS bilan) etib belgilangan.

 

Ma'lumot o'rnida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun to‘lovning yangi tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, iste’molchilardan faqat amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq olinadi va barcha hisob-kitoblar onlayn tizimlar orqali amalga oshiriladi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida chiqindi xizmatlari tariflari 1-apreldan oshiriladi | Zamon.uz