Jahon

AQSh tez orada Eronda quruqlik amaliyotini boshlaydi — The Wall Street Journal

AQSh Eron yaqiniga qo‘shimcha minglab dengiz piyodalari va desantchilarini yubormoqda.

AQSh tez orada Eronda quruqlik amaliyotini boshlaydi — The Wall Street Journal

Qo'shma Shtatlar yaqin orada Eron hududida quruqlik amaliyoti o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street jurnalisti AQSh Senati ichidagi uchta manbaga tayanib ma’lum qilgan.

 

“Kamida uch nafar respublikachi kongressmen, jumladan Vakillar palatasi va Senat Qurolli kuchlari rahbarlari, Eron hududida quruqlik amaliyoti rejalashtirilayotgani va bu yaqin kelajakda boshlanishi mumkinligini qat’iy bildirdi”, — deb yozdi jurnalist.

 

So‘nggi kunlarda AQSh Eron yaqinidagi hududga qo‘shimcha minglab dengiz piyoda va desant askarlarni yuborib, quruqlik kuchlarini jamlamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hafta minglab dengiz piyodalari bilan harbiy kema AQShning Markaziy qo‘mondonligi nazorati ostiga o‘tadi. Bu qo‘mondonlik AQSh kuchlarini Yaqin Sharqda boshqaradi.

 

Shuningdek, Pentagon tezkor harakat qiladigan desantchilarni tayyorlashni boshladi. Ushbu kuchlar, oldinroq “Epik G‘azab” operatsiyasi doirasida bu hududga yuborilgan 50 000 nafar harbiy xizmatchiga qo‘shilishi mumkin.

 

Hozirda AQShning quruqlik amaliyoti haqidagi bayonotlari ortidan Tehron Eronning asosiy neft markazi bo‘lgan Xarg orolini mudofaa qilishni kuchaytirmoqda. Ushbu orol avval AQSh tomonidan hujumga uchragan edi.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.